• P.M.Yakobson
  • A.K.Markova
  • M.V.Matyuxina
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet262/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    P.Ya.Galperin fikricha, tashqi motivlar ta'lim jarayoni va predmetiga nisbatan "amaliy" munosabatda namoyon bo’ladi, bunda bilim keyingi faoliyat
    uchun tashqi shart-sharoit sifatida qaraladi va u ichki ta'limga bo’lgan barqaror qiziqish bilan bog’liqdir. Tashqi motivlar ichida aynan tashqi yoki utilitar motivlar (bunda harakatning shakllanishi, sub'ekt moyil bo’lgan faoliyatni amalga oshiradigan shart-sharoit hisoblanadi) va musobaqaviy motivlar ajratiladi, bunda sub'ekt: boshqalarga va o’z-o’ziga o’zining oldingi muvaffaqiyatlarini qiyoslagan holda muvaffaqiyatlarga intiladi.
    P.M.Yakobson ta'lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ijobiy yoki salbiy motivlarni tashqi motivlar deb, ta'lim jarayoniga singdirilgan motivlarni esa ichki motivlar deb hisoblaydi.
    Ammo bir qator zamonaviy tadqiqot mualliflari, mazkur motivlarning o’qish sharoiti uchun ahamiyatini tushunishdan kelib chiqqan holda, o’qishning ijtimoiy motivlariga nisbatan "tashqi" degan terminni ishlatishdan qochadilar. Masalan, A.K.Markova bilish motivlari ichida keng ta'limiy (yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan), o’quv-bilim (bilim olish usullarini egallashga yo’naltirilgan) motivlarni farqlaydilar.
    Ijtimoiy motivlar ichida: keng ijtimoiy (jamiyatga foyda keltirish uchun bilim olishga intilish), pozisiyaviy (atrofdagilarning ma'qullashiga va obro’ orttirishiga intilish), o’qish davomida boshqalar bilan hamkorlik motivlari farqlanadi.
    M.V.Matyuxina ham o’qsh faoliyati jarayoniga singdirilgan quyidagi ikki toifa motivlarni ajratadi:

    1. mazmun vositasida motivlashish (uchta darajasi mavjud, qiziqish- qiziqarlilik, dalillarga bo’lgan qiziqish, voqealar mohiyatining kelib chiqishiga qiziqish):

    2. jarayon vositasida motivlashish (uchta darajasi mavjud, ijrochilik faoliyatini bajarish sifatida, qidiruv ijrochilik qoidalarini keltirib chiqarish sifatida, ijodiy-mustaqil ravishda masalalar tuzish).

    O’quv faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lgan motivlar:

      1. keng-ijtimoiy;

      2. tor-shaxsiy;

    1. salbiy.

    O’qish motivlarini ichki va tashi motivlarga bo’lishga kelsak, bu bo’linish funksional tabiatga ega va o’qish harakatlari va ular o’rtasidagi tuzilish jihatidan tahlil qilishni talab qiladi: ular orasida bevosita aloqa bo’lsa, tashqi motiv haqida gapirish mumkin.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.