Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 - Topshiriq




Download 3,55 Mb.
bet29/314
Sana15.01.2024
Hajmi3,55 Mb.
#138209
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   314
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 - Topshiriq.


Shartsiz va shartli reflekslarning xususiyati va ularning hosil bo’lish mexanizmi hamda ob'ektiv borliq, signallari haqidagi bilimlarni tekshirish va mustahkamlash.
Zarur material. Turli hayotiy omillarni ifodalagan savol va vazifalar:

  1. Nima uchun yangi o’rganayotgan bokschi raqibining qo’lqopi uning ko’z oldida paydo bo’lishi bilan ko’zini yumadi?

  2. Vrach qachonlardir bolaga ukol qilgan edi. Shundan so’ng bola oq xalat kiygan har qanday odamdan, hattoki u odam bolaga yaxshi tanish bo’lsa ham, qo’rqadigan bo’lib qoldi. Bunga nima sabab?

  3. Odatda institutning birinchi kurs talabalariga o’qituvchi-ma'ruzachi tomonidan birinchi marta auditoriyaga kirib kelganda o’rningizdan turib qarshi oling, ikkinchi soatga kirganda esa o’z joyingizdan qimirlamang, deb tarbiya beriladi. Shunga qaramasdan, tanaffusdan so’ng ma'ruzachi ikkinchi marta xonaga kirib kelganda ham ba'zi talabalar o’rinlaridan turadilar. Vaqt o’tishi bilan bu hodisa yo’qolib boradi. Bu omilning fiziologik asosi nimadan iborat?

  4. Ma'lumki, futbol uyinini yangi o’ynay boshlagan basketbolchi dastlabki paytlarda to’pni tez-tez qo’liga ushlab oladi. Bu bilan u o’yin qoidasini buzadi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, bu sportchi bunday xatoga yo’l qo’ymaydigan bo’lib qoladi. Ushbu hodisaning fiziologik mexanizmini tushuntiring?

  5. O’quvchilar maktabda yurish-turish haqidagi qoidaga muvofiq, o’qituvchining "Darsimiz tugadi","Ketishingiz mumkin" degan so’zini eshitmagunlaricha o’rinlaridan qimirlamasdan ishlarini davom etti-rishlari lozim. hatto qo’ng’iroq ertaroq chalinganda ham shunday holat kuzatiladi. Vaholanki, dars oxirida chalingan qo’ng’iroq ko’p vaqt o’quvchilarni harakatlanishga undaydi, natijada ular ishni yig’ishtirib, sinfdan chiqishga oshiqadilar. Bolalar intizomini mustahkamlash uchun qaysi fiziologik jarayonni rivojlantirish kerak?

Download 3,55 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   314




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 - Topshiriq

Download 3,55 Mb.