• Tabiiy fanlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet37/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan va buni ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o’z ahamiyatiga ko’ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor.
    Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta'lim to’g’risida"gi qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish an'analaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog’li ta'sir ko’rsatayotganligini o’rganish, shu asosda ishni tashkil etish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
    Tabiiy fanlar - biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini ob'ektiv o’rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi.
    Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.