• Texnika fanlari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet38/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani tomonidan qo’lgan kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturlardan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo’lgan XX-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global axboriy jarayonlar va yangi ilg’or texnologiyalarni modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanligini oshirish maqsadida, hamda ana shunday ijtimoiy faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi va maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi, inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.
    Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan, murakkab texnikani boshqaruvchi inson muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotiga bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada takomil-lashtirish va uning imkoniyatlariga mosligi masalasi ham ana shu hamkorlikda qilinishi lozim bo’lgan masalalardir. Ayniqsa, mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta'minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga qar bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va odam-mashina dialogining eng samarali yo’llarini izlab topish juda muhim. Texnika bilan bemalol "tillashadigan" malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fani pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina muvaffaqiyatga erishadi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.