|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 70/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limInteriorizasiya (lot. interior - ichki) - tashqi amaliy harakatlarning ichki aqliy amallarga aylanish jarayoni.
Ko’nikma - odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati.
Malakalar interferensiyasi (lot. later - orasida, ferens - tarqatuvchi) avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo’lish jarayoniga sal'biy ta'sir ko’rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
Mehnat - odamning ma'lum maqsadga, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan faoliyati.
Faoliyat - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish - psixologiyaning ilmiy-tekshirish metodlaridan biri; shaxsning bilim va mahorati, qobiliyati, qiziqishlari, didi, faoliyat turiga bo’lgan munosabatlari va uning o’zgarishini o’rganish usuli.
Faollik - tirik materiyaiing umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Eksteriorizasiya (lot. Exterior - tashqiga aylanish) - ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyati, jonli mushoxadaga aylanishi.
O’yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ish-harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarii aks ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir.
O’qish - shaxsning bilim va faoliyat usullaripi egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladngan harakatlar yigindisi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Faoliyat haqida tushuncha.
Faoliyatning tuzilishi.
Faoliyatning o’ziga xosligi.
Faoliyatning interorizasiyasi va ekstrorizasiyasi.
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Faoliyatning asosiy turlari.
A.N.Leontev bo’yicha faoliyat tuzilishi.
Faollik va faoliyat tushunchalarining mazmuni.
Inson faoliyati va hayvonlarning xatti-harakati o’rtasidagi farq.
Faoliyatni egallash
Ko’nikma va malaka tushunchalarining mazmuni.
Odat tushunchasining mazmuni.
Faoliyatni o’zlashtirish bosqichlari.
|
| |