• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet78/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o’z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so’z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo’ladi, o’quvchi olam haqida barcha bilimlarni o’qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya'ni til yordamida o’zlashtiradi. Bu yerda til o’zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya'ni yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o’zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo’ladi.
    Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko’pincha ijtimoiy qiymatga ega bo’lmagan o’zga kishilarning bevosita tajribalarini belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo’l olaman. Yo’lda o’rtog’im uchrab
    menga: "oshxona yopilgan", deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma'lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo’nayman. Bu yerda til o’zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikasiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo’ladi. Natijada har qanday kommunikasiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta'sir qilishdan iboratdir.
    Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning "shaxsiy" o’z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o’ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o’laroq, o’z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to’qnash keldik. So’z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.