• Pantomimika
  • Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet81/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Noverbal kommunikasiyaga belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo’l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo’l, oyoq, tana harakatlari) kiradi.
    Jestlar - insonning qo’l harakatlari bo’lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir ob'ektga munosabati va tashqi olamga yo’nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o’z muloqotlarini jestlarsiz tavsavvur eta olmaydilar. O’zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, noverbal kommunikasiya og’zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi.
    Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi bo’lib, u orqali insonning o’ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo’ladi.

    Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so’zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi.
    Publisiy aytganidek, biz "Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz".
    Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko’rib chiqaylik.
    Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi - bu lokalizasiya tizimi bo’lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo’tal, yig’i, kulgu, nutq tempida namoyon bo’ladi.
    Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda no?ulaydir. Ayniqsa, seminar mashg’ulotlari jarayonida o’qituvchi, ma'ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar.
    Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni "T" shaklida joylashgan stol stullarda o’tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir.
    Vizual muloqotda "ko’z kontakti" belgilar tizimi ham qo’llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.
    Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma'lum bir ma'lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma'lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo’lgan. Uni ayollar yaratishgan. O’z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollar o’z hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assosiasiya sifatida paydo bo’lgan belgilar qat'iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog’inch, yolg’izlik, gnasint qunchalarining soni uchrashuv kunini, qo’ng’iroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi.
    XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so’ng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning ko’p davlatlarida siyoh rang do’stlik, hashamatlilik, to’kinlik ramzi bo’lsa, Yaponiyada-ham og’riq belgisi bo’lgan. Har qaysi rang ma'lum holat, kayfiyat ma'nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti

    • yoshlik, sariq - baxt, quyosh, to’y, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, ko’k - ishonch, vafo, qora - tantanavorlik, qayg’u, oq - poklik, beg’uborlik ramzi sifatida tushuniladi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.