Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidagilarni tasavvur etish mumkin




Download 3,55 Mb.
bet80/314
Sana15.01.2024
Hajmi3,55 Mb.
#138209
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   314
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidagilarni tasavvur etish mumkin

Kommunikator adresant

Muloqot sub'ekti sifatidagi omil namoyon bo'ladi.

Resepient aderesat

Bu ma'lumot kimga uzatilmoqda

Ma'lumot

Nima uzatilmoqda

Kod

Qanday vositalar asosida

Maqsad

Nima uchun uzatilmoqda

Aloqa kanali

Ovoz, xat, efir orqali aloqa

Natija

Nimaga erishildi.

Shuningdek amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo’lgan kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi.

    • Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda)

    • Nima (qanday axborot uzatilmoqda)

    • Qanday (axborot qanday yo’l bilan uzatilmoqda)

    • Kimga (axborot kimga yo’naltirilmoqda)

    • Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi)

Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga yo’naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipientlarga yo’naltiriladi) xarakterda bo’lishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda o’zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo bo’ladi, ya'ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta'sirchanlik ko’rsatiladi.
Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi "Muloqot - shunday ne'matki, u orqali inson lazzatlanadi", deb yozgan edi.
So’zning mohiyati haqida Sa'diy "Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik buni bir so’z aytmaguncha bila olmaymiz" degan edi.
Xalqimizda shunday ibratli ibora bor "inson aql farosati uning nutqining aniqligida namoyon bo’ladi".
Noverbal kommunikasiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikasiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o’rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslarniki teskarisi bo’ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikasiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar ko’pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o’z qoqish va kayfiyatlarini o’tkazishda yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.

Download 3,55 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   314




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidagilarni tasavvur etish mumkin

Download 3,55 Mb.