Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta'sir etish




Download 3,55 Mb.
bet82/314
Sana15.01.2024
Hajmi3,55 Mb.
#138209
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   314
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta'sir etish


Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o’z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo’yadi.
Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o’zaro ta'siri sifatida namoyon bo’ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta'sirlar yig’indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro’y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari
tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko’lami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning "repertuar"iga mos holda namoyon bo’ladi. Psixologiyada "rol" deganda ijtimoiy (sosial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilardan kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o’qituvchi va o’quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo’lishi mumkin). O’z navbatida har bir rol o’ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo’lsa shifokor ko’rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo’st oila boshliqi bo’ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o’zaro munosabati rol kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo’qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq- atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa, ijtimoiy nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko’pmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o’zaro ta'sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq-atvor namunasini qo’llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko’rishga tayyor ekanligini to’g’ri, aniq, xatosiz ko’chira olish qobiliyati takt deb ataladi.
Ma'lumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik jarayon o’qituvchi va o’quvchilarning uyushgan faoliyatlari asosida tuzilgan. Shu bois o’qituvchi pedagogik jarayonni o’quvchilar jamoasidan tashkil topganligini unutmasligi har bir o’quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O’quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo’lsada yo’qolishi, og’ir oqibatlarni vujudga keltiradi.

Download 3,55 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   314




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta'sir etish

Download 3,55 Mb.