• Verbal kommunikasiya
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet77/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Ta'sir ko’rsatish - suhbatdoshning xulq-atvori shaxsiy xususiyatlari maqsadlari va ustanovkalarini o’zgartirish.

    Muloqotning kommunikativ tomoni


    Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o’y-xayollar, his kechinmalar bilan o’rtoqlashadilar. Bunda o’y-fikrlar, his-kechin-malarni axborot sifatida, kommunikasiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin.
    Ammo shuni e'tiborga olish kerakki insonlararo kommunikasiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllan-tiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblashi mumkin emas. Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni tahlil qiladilar); ikkinchidan muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta'sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta'sir o’tkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuboryotgan odam) va resipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashtirish tizimiga ega bo’lishi kerak, to’rtinchidan muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikasiyaga xos to’siqlar vujudga kelishi mumkin.
    Kommunikativ jarayonda qo’llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular verbal kommunikasiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog’liq bo’lmaydigan belgilar orqali) kommunikasiyadir.
    Verbal kommunikasiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo’llaniladi. Nutq - inson tomonidan qo’llaniladigan tovush signallari yoki yozma belgilardan iborat bo’lib, ular orqali muloqotdan olingan ma'lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. U jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so’z belgilari tizimi bo’lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo’lib yuzaga keladi.
    Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o’rtasidagi kommunikasiyani ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo’lishi kerak. Til so’z belgilari yig’indisidan iboratdir. So’zning ma'nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir aloqida odamning harakatlari va faoliyatlarini boshqa odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.