• Mulokotning kommunikativ tomoni
  • Rustamova sarvinoz




    Download 37,38 Kb.
    bet1/2
    Sana04.12.2023
    Hajmi37,38 Kb.
    #110974
      1   2
    Bog'liq
    RUSTAMOVA SARVINOZ


    RUSTAMOVA SARVINOZ
    Muloqot psixologiyasi

    Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:



    Perseptiv

    Kommunikativ


    Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.

    Mulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
    Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
    Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz.

    1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.

    Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.

    Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.

    Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor.
    Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va hududiy xususiyatlari bor. Masalan o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan bogliq. Bolgarlar biror fikrni tasdiklamoqli bo`lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmokchi bo`lishsa, bosh siltashar ekan.
    Noverbal muloqatda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o`rtasida masofa bo`lar ekan.
    O`quvchilarni partada orqama – ketin o`tkazgandan ko`ra doira shaklida o`tkazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bo`lar ekan, emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan.
    Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choglaridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo`lishi kerak.


    1. Download 37,38 Kb.
      1   2




    Download 37,38 Kb.