|
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar
|
bet | 98/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limSobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan.
Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga
ega:
Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 3.Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
Ehtiyoj, qiziqish, ideal faoliyatdagi yetakchi motiv, xulq-atvor va dunyoqarash ishonchni yuzaga kelishi
Bilish faoliyati va hayot jarayonida egallanadi
Qobiliyat, xarakter, temperament
K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega: 1.Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.
Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta'lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
Biologik shartlanganlik osttuzilishi - miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
|
| |