|
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi
|
bet | 97/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar tahlillarining keltirib o’tamiz.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti ham sub'ektidir. A.N.Leont'ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta'rif beradi: shaxs faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir.
Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
Individuallik - har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
|
| |