Mahsulot hajmi, dona
|
Jami mahsulot tannarxi, mln. so‘m
|
Mahsulot birligi tannarxi, ming so‘m
|
o‘zgarmas xarajatlar
|
o‘zgaruvchan xarajatlar
|
jami
|
o‘zgarmas xarajatlar
|
o‘zgaruvchan xarajatlar
|
jami
|
500
|
50
|
40
|
90
|
100
|
80
|
180
|
1000
|
50
|
80
|
130
|
50
|
80
|
130
|
1500
|
50
|
120
|
170
|
33
|
80
|
113
|
2000
|
50
|
160
|
210
|
25
|
80
|
105
|
2500
|
50
|
200
|
250
|
20
|
87
|
100
|
Mahsulot hajmi besh marotaba ortgan holda mahsulot birligidagi o‘zgarmas xarajatlar besh marotaba qisqarib tannarx 180 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha pasaygan.
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar
tahlili
Rejali iqtisod davrida har bir korxonaga mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha yuqori tashkilotlar tomonidan topshiriq berilar edi. Korxonaning ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi ko‘rsatkichlardan biri bo‘yicha tannarxni pasaytirish rejasi belgilangan.
Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi.
Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajat.
Mahsulot birligini tannarxi.
Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhimi bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko‘rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi
mahsuloti uchun = -----------------------------------------------------
qilingan xarajat (tiyin) Tovar mahsulotini ulgurji bahosi
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniq- lash mumkin.
Tahlil etishda bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes-rejaga nisbatan o‘zgarishi aniqlanadi.
jadval
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Biznes-rejada
|
Haqiqatda
|
1. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab
chiqarish tannarxi, ming so‘mda
|
1227503
|
1374356
|
1975926
|
2. Tovar mahsulotining solishtirma ulgurji
bahosi, ming so‘mda
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
3. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun
qilingan xarajatlar, tiyin hisobida
|
58,08
|
62,51
|
77,37
|
jadval
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha biznes-rejasining bajarilishi tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Summa
|
1. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar, tiyin hisobida:
|
|
- O‘tgan yil
|
58,08
|
- Hisobot yil:
|
| |
62,51
| |
77,37
|
2. O‘tgan yildan farqi:
|
| |
+19,29
| |
+33,21
|
3. Rejadan farqi:
|
| |
+14,86
| |
+23,77
|
4. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdan olingan iqtisod (-)
yoki sarflangan ortiqcha xarajat, ming so‘mda
|
+379519,5
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har so‘mi uchun qilingan xarajat hisobot davrida 77,37 tiyinni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 19,29 tiyinga yoki 33,21 %ga, biznes-rejaga nisbatan esa 14,86 tiyinga yoki 23,77 %ga ko‘paygan. Xarajatlarning bunday tartibda ortishi korxonaning rentabelligini pasaytirib yuboradi. O‘rganilayotgan davrda har bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat biznes- rejaga nisbatan 14,86 tiyinga ortishi hisobiga korxona bo‘yicha ortiqcha
379519,5 ming so‘mlik xarajat qilinishiga yo‘l qo‘yilgan. Agarda korxona o‘rganilayotgan davrda har bir so‘mlik mahsulot uchun ortiqcha 14,86 tiyin xarajat qilinishiga yo‘l qo‘ymaganda edi korxonaning oladigan daromadi shuncha so‘mga ortgan bo‘lardi.
Tahlil davomida 1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni rejaga, o‘tgan yildagiga nisbatan o‘zgarish sababalari va unga quyidagi omillarni ta’sirini aniqlash lozim.
Mahsulot strukturasi va assortimenti o‘zgarishi.
Xomashyo yoqilg‘i energiya bahosini o‘zgarishi.
Mahsulot bahosini o‘zgarishi.
Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni o‘tgan yil, hisobot yilining rejasiga nisbatan o‘zgarishiga, ta’sir etuvchi omillarni quyidagi 2-chizmada keltiramiz.
chizma. Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulatsion moddalari bo‘yicha tahlili
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslu- biy va me’yoriy shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo- nidan 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda) bilan belgilanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari
bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
|