• Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari bo‘yicha tarkibi va strukturasi tahlili
  • Xarajatlarni moddalari bo‘yicha tahlili
  • Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining tahlili
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet144/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Iqtisodiy elementlari bo‘yicha

    Kalkulatsion moddalari bo‘yicha

    Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar

    Xomashyo

    Yoqilg‘i

    Elektr quvvati

    Ehtiyot qismlar

    Idishlar va hokazo

    Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari

    Asosiy ish haqlari

    Qo‘shimcha ish haqlari

    Ish haqiga ustamalar

    Ishlab chiqarishga taalluqli mehnat haqidan ajratmalar

    Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga

    Mehnat birjasiga

    Kasaba uyushmasiga

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, eskirish xarajatlari

    Asosiy vositalarning eskirishi

    Nomoddiy aktivlarning eskirishi

    Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni ijara haqlari

    Ishlab chiqarish xarakteridagi
    boshqa xarajatlar

    Turli ishlar va xizmatlar

    Soliqlar, yig‘imlar va hokazo.

    1. jadval

    Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari bo‘yicha tarkibi va strukturasi tahlili






    Xarajat guruhlari

    O‘tgan yili

    Hisobot yili

    Summa, ming so‘m

    Jamiga nisabatan
    salmog‘i, %

    Summa, ming so‘m

    Jamiga nisabatan
    salmog‘i, %

    1. Moddiy xarajatlar

    1001408

    81,58

    1539843

    77,93

    2. Mehnat haqi xarajatlari

    121594

    9,91

    231624

    11,72

    3. Ijtimoiy sug‘urta ajrat-
    malari

    48395

    3,94

    92359

    4,67

    4. Amortizatsiya ajratmalari

    3859

    0,31

    7370

    0,37

    5. Boshqa ishlab chiqarish
    xarajatlari

    52247

    4,26

    104730

    5,30

    Jami ishlab chiqarish
    xarajatlari:

    1227503

    100,0

    1975926

    100,0

    Jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektining ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilib chiqishimiz mumkin bo‘ladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, jami xarajatda xomashyo, yoqilg‘i, energiya, yarimfabrikat xarajatlarining tutgan ulushi yuqoridir. Ularni ulushi bazis davridagi 81,58 foizdan, hisobot davriga kelib 77,93 foizgacha pasaygan. Shu davr ichida mehnat haqi xarajatlarining ulushi esa 9,91 foizdan hisobot davriga kelib 11,72 foizga o‘sgan. Moddiy xarajatlar
    bilan mehnat haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni bunday tarzda o‘zga- rishi mehnat unumdorligi darajasining o‘sganligidan hamda xodim- larning moddiy manfaatdorligi oshganligidan dalolat beradi. Fan-texnika taraqqiyotiga tayangan holda ishlab chiqarishni tashkil etgan korxonalarda unumdorlik darajasi ortadi, amortizatsiya ajratmalari mutlaq summada o‘tgan yilga nisbatan ortsa ham, ularning nisbiy ko‘rsatkichlari ya’ni mahsulot narxidagi ulushi pasayadi.
    Xarajatlarning kalkulatsiya moddalarini tahlili, asosan, bir elementli bo‘lib, ya’ni bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan xarajatlardan iborat. Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajat moddalarini har birini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‘lish orqali xarajatlarni darajasi (tiyin) aniqlanadi va bu ko‘rsatkichni bazis davri yoki hisobot davrining rejasi bilan taqqoslash orqali erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat aniqlanadi.

    1. jadval

    Xarajatlarni moddalari bo‘yicha tahlili





    T




    Xarajat moddalari

    Hisobot yilining rejadagi xarajat darajasi, tiyin

    Hisobot yilining haqiqiy xarajat darajasi, tiyin

    Rejadagi farqi



    +



    -

    1.

    Xomashyo va materiallar

    20,50

    20,80

    030




    2.

    Yoqilg‘i va energiya tex-
    nologik maqsadlar uchun

    4,90


    5,50


    0,60





    3.

    Chetdan olingan butlovchi
    buyum va yarimfabrikatlar

    29,97


    26,62





    3,35


    4.

    Ishchilarning asosiy ish
    haqi

    13,23


    12,16





    1,07


    5.

    Qo‘shimcha ish haqi

    1,61

    1,45




    0,16

    6.

    Ijtimoiy sug‘urta
    ajratmalari

    3,42


    3,27





    0,15


    7.

    Asosiy vositalarni saqlash
    xarajatlari

    2,73


    2,53





    0,20


    8.


    Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
    xarajatlari

    1,04

    1,04







    9.

    Brakdan zarar

    X

    0,35

    0,35




    10.

    Boshqa xarajatlar

    0,99

    0,61

    1,25

    0,38




    Jami – 1 so‘mlik mahsulot
    uchun qilingan xarajat

    78,39


    74,33


    1,25


    5,31


    1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajat reja darajasiga nisbatan 4, 06 tiyinga pasaygan holda xomashyo yoqilg‘i va brakdan ko‘rilgan zararlarni reja darajasidan ortib ketishi 1,25 tiyinni tashkil etgan. Qolgan xarajat moddalaridan 5,31 tiyin miqdorida iqtisodga erishilgan.
      1. Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining tahlili


    Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida har bir korxona maqsadlarini amalga oshirilishida asosiy omil inson, ya’ni korxona xodimlaridir. Korxona xodimlarining moddiy va ma’naviy manfaat- dorligi esa ish samaradorligini oshishiga olib keladi.


    Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo‘lgan xodimlar va ular nomidan to‘lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi sifatida hisoblanadigan va to‘lanadigan xarajatlar, to‘lovlar, rag‘bat- lantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni o‘qitish bilan bog‘liq, shu kabi va boshqa to‘lovlar kiritiladi.
    Mehnat haqi – bu jamiyat ko‘lamida Milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatini miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalanila- digan qismidir. Korxona mehnatga haq to‘lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish va ularni shakllan- tirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishiga erishishdan, mahnatga haq to‘lashga bir xillik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
    Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda, mehnat haqi fondining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va o‘zgarish sabab- lariga, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mehnat haqi fondi hamda uning o‘zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Bu bevosita kredit tashkiloti hisoblangan bank tizimi va uning bo‘limlari bo‘lishi mumkin. Mehnat haqi fondining hisoblanishi va berilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili qayta tuziladigan uslubiy yo‘riqnoma bu boradagi me’yoriy hujjat sifatida olinadi.

    Bugungi kunda korxonalarda xodimlarning ish haqini tahlil etishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:


        1. Bazis davri va rejadagi ish haqi fondining realligini baholash.

        2. Ish haqi fondining mutlaq va nisbiy farqlarini aniqlash.

        3. Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o‘lchash.

        4. Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni hisoblash.

        5. Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatni tannarxga bo‘lgan ta’sirini hisoblash.

    Ish haqini kompleks tahlil etishda ish haqini mutlaq va nisbiy farqlari aniqlanadi. Hisobot davrida sarflangan ish haqi- (IHF1) ni bazis davridagi ish haqi fondi (IHFo) bilan taqqoslash orqali ish haqining mutlaq farqi aniqlanadi.
    IHFmut IHF IHF .
    1 о
    Ish haqining nisbiy farqi haqiqatda sarflangan ish haqi (IHF1) ni bazis davridagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish indeksiga ko‘paytmasidan (korrektirovka) hosil bo‘lgan (IHF kor) ko‘rsatkich bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
    IHF IHF1IHF IHF1  (IHF о ig IHF о )
    nisb kor oz chan oz mas

    bunda
    IHFnisb

    • ish haqini nisbiy farqi;

    IHF 1
    IHFkor

      • hisobot davrida sarflangan ish haqi;

      • bazis davridagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish

    indeksiga ko‘paytmasi (korrektirovkasi)
    ig - mahsulot ishlab chiqarish hajmining indeksi



    Download 1,74 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.