•  Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Material xarajatlariga «sarf me’yori» va «material bahosi» o‘zgarishi ta’sirining tahlili
  • Ish haqi fondidan foydalanish tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet145/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Ish haqi fondidan foydalanish tahlili



    1. jadval






    Ko‘rsatkich

    Bazis davri

    Hisobot davri

    Farqi

    Mutlaq summa

    %

    Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ish, xizmat
    solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m

    2203880

    2545500

    +341620

    +15,5

    Ish haqi fondi, ming so‘m

    343340

    361400

    +18060

    +5,26

    Shu jumladan:













    - o‘zgaruvchan qismi

    257505

    275748

    +18243

    +7,08

    - o‘zgarmas qismi

    85835

    85652

    -183

    -0,21

    Mahsulot ishlab chiqarish hajmini indeksi

    ig = q1
    q0
    = 2545500 = 1,15
    2203880

    Ish haqi fondini mutlaq farqi
    IHFmut =361400-343340=+18060 ming so‘m Ish haqi fondini nisbiy farqi
    .
    IHFnisb =361400-(257505 1,15+85835)=361400-181965=-20565
    ming so‘m.
    Ish haqi fondida ishchilarning ish haqi yuqori salmoqqa ega. Uning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etadi.

      1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ( ig )

      1. Ishchilar (nisbiy) soni (

    ISnisb )


      1. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqi (I H )

    Ishchilarni ish haqi fondini bazis davridan farqi

    is is
    IHF IHF IHF о .

    1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ta’siri

    2. Ishchilar (nisbiy) sonini ta’siri

    IHF( N )
    IHF о ig IHF о

    IHF(is )
    IHF о
    Isо
    Isnisb

    1. Bir ishchining o‘rtacha yillik ish haqini ta’siri

    IHF IHF о



    IHF( yx)
    Is
    Isо
    Is

     
    Ishchilar sonini nisbiy farqi quyidagicha aniqlanadi.

    nisb
    Is Is  (Isо ig)
    Xizmatchilarning ish haqi fondiga quyidagi ikki omil ta’sir etadi.

    1. Xizmatchilar sonini o‘zgarishi (Xs)

    2. Bir xizmatchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi (Ix)

    Xizmatchilarning ish haqi fondini bazis davridan farqi formula asosida quyidagicha aniqlanadi.
    IHF IHF IHF о
    ( х ) х х

    Shu jumladan:

    1. Xizmatchilar sonining o‘zgarishini ta’siri

      IHF о  1 о

    о




    IHF( хс)
    х хс хс
    с


    1. Х
      Bir xizmatchining o‘rtacha ish haqining o‘zgarishini ta’siri

    1 IHF1
    IHF1


    s s
    IHF Хs х
    х

    (ix )
    Х 1 Х о





      1. Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


    Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ish haqi fondi tarkibida ishchilar- ning ish haqi yuqori salmoqqa ega. Shu bois ishchilarning ish haqidan qay darajada foydalanganligini nazorat qilish, unumsiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik tannarxni pasaytirish imkoniyatini beradi. Tahlil etishda ishchilarni hisobot davridagi haqiqiy sarflangan ish haqini rejadagi, o‘tgan yildagi ish haqi fondi bilan taqqoslanadi, uning farqi aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.

    1. Mahsulot hajmini o‘zgarishi.

    2. Ishchilar (nisbiy) sonini o‘zgarishi.

    3. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqining o‘zga- rishi.

    Mahsulot hajmi o‘zgarishini ishchilarning ish haqi fondiga bo‘lgan ta’sirini aniqlash uchun rejadagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmini rejaga nisbatan o‘sish darajasiga ko‘paytirish lozim.
    Ikkinchi omil ta’sirini aniqlash uchun ishchilarni nisbiy farqi rejadagi bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqiga ko‘pay- tirish kerak. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqini o‘zgarishini ish haqi fondiga bo‘lgan ta’sirini aniqlash uchun shu ko‘rsatkichning rejadan farqi hisobot davridagi ishchilarning haqiqiy soniga ko‘paytirish lozim (75-jadval).



    1. jadval

    Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili







    Ko‘rsatkichlar



    Bazis davri

    Korrekti- rovka qilingan ko‘rsatkich



    Hisobot davri

    Farqi (+,-)

    Mutlaq,
    ming so‘mda

    Nisbiy,
    %

    1. Ishchilarning yillik ish haqi
    fondi, ming so‘mda

    95672

    111123

    184569

    +88897

    +73446

    2. Ishchilarni ro‘yxat bo‘yicha
    o‘rtacha soni, kishi

    617

    717

    599

    -18

    -118

    3. 1 ishchiga to‘g‘ri keladigan
    o‘rtacha yillik ish haqi, so‘m

    155060

    154983

    308128

    +153068

    +153145

    4. Ish haqi fondini bazis davriga
    nisbatan o‘zgarish sabablari:

    x

    x

    x

    +88897

    x

    a) mahsulot hajmini o‘zgarishi hisobiga
    95672 * 16,15 \ 100

    x

    x

    x

    +15451




    b) Ishchilar (nisbiy) sonini o‘zgarishi hisobiga
    -118 * 154983

    x

    x

    x

    -18288

    x

    d) Bir ishchining o‘rtacha yillik ish haqini o‘zgarishi hisobiga
    +153068 * 599

    x

    x

    x

    +91688

    x

    Izoh: Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi – 116, 15 %



    1. jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda ishchilarning ish haqi fondidan rejaga nisbatan 88897 ming so‘m ortiqcha sarfga yo‘l qo‘yilgan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘sishini hisobga olgan

    holda esa 73446 ming so‘m ortiqcha sarfga yo‘l qo‘yilgan. Ish haqi fondini mutlaq farqi mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘sishi hamda 1 ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqini rejaga nisbatan ortishi bilan izohlanadi. Ishchilar sonini nisbatan 118 kishiga qisqarishi ish haqi fondidan 18288 ming so‘m miqdorida iqtisod qilinishiga olib keldi. Tahlil davomida har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqi rejaga nisbatan 153068 so‘mga o‘sish sabablari aniqlanadi. O‘rtacha yillik ish haqini ortishi ishchini mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan normani ortig‘i bilan bajarishi, hamda ish haqi tarkibidagi unumsiz xarajatlar mavjudligi tufayli yuz beradi. Bundan tashqari bir ishchining o‘rtacha yillik ish haqining o‘zgarishi hisobiga ishchilarning ish haqi fondiga 91688 ming so‘mlik ta’sir etgan. Korxonada joriy yilda ishchilarning moliyaviy ahvoliga bir qadar e’tibor kuchayganligini hamda ularning moddiy holati yaxshilanganligini ko‘rishimiz mumkin.
      1. Material xarajatlariga «sarf me’yori» va «material bahosi» o‘zgarishi ta’sirining tahlili


    Ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibida asosiy ulushni bevosita material xarajatlari tashkil etadi. Ularning salmog‘i ayrim sanoat korxonalarida salkam 60-80 % tashkil etadi. Shu jihatdan, material xarajatlarining o‘zgarishi va o‘zgarish sabablarini o‘rganishdagi muhim vazifa, ularni (mahsulot hajmining kamayishiga yo‘l qo‘ymagan holda) iqtisod qilish va ulardan samarali foydalanishdir. Yengil sanoatda mahsulot tannarxida materiallar xarajati yuqori salmoqqa (60-80 %) ega. Shu bois tannarxni pasaytirish rezervlarini aniqlash maqsadida material xarajatini rejaga nisbatan o‘zgarish sabablari aniqlanmog‘i lozim. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar «Mahsulot kalkulatsiyasi»dan olinadi. Bu hisobot shaklida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar turlari, ularni miqdori, material bahosi keltirilgan. Mahsulot birligi uchun sarflangan materiallar xarajatini aniqlash uchun mahsulot birligiga sarflangan materiallar miqdorini material bahosiga ko‘paytirish lozim. Tahlil etishda haqiqiy materiallar xarajati reja bilan taqqos- lanib ular o‘rtasidagi farqiga quyidagi omillar ta’siri hisoblanadi.

        1. Materiallar miqdorini o‘zgarishi (sarf me’yori).

        2. Materiallar bahosini o‘zgarishi (bahoni o‘zgarishi).

    Bu omillarni materiallar xarajatiga bo‘lgan ta’sirini zanjirli
    bog‘lanish usuli orqali aniqlash mumkin. Buning uchun materiallar xarajati 3 xil ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.

    1. Rejadagi materiallar xarajati (rejadagi sarf me’yori rejadagi

    bahoda).

    1. Haqiqiy materiallar xarajati ( haqiqiy sarf me’yori haqiqiy bahoda).

    2. Shartli material xarajati (haqiqiy sarf me’yori rejadagi material bahosi bo‘yicha).

    Har 3 ko‘rsatkichni bir-biri bilan taqqoslash orqali materiallar xara- jatiga sarf me’yorini hamda material bahosining o‘zgarishini ta’siri hi- soblab topiladi. Materiallarning o‘rindosh qiymatlari bilan almash- tirilishi va hokazo omillar ta’siri ham, albatta, ushbu ikki omil ta’sirida hisob-kitob qilinadi. Omillar ta’sirini aniqlashda iqtisodiy tahlilning bog‘lanish va aloqadorlik uchun mos bo‘lgan usullari qo‘llaniladi.
    Material xarajatlar mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o‘zgarishini o‘rganishda, albatta, o‘zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi. Bunda har bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan yoki ishlab chiqarish xarajatlarining material sig‘imi ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor berilishi lozim.
    Material xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning bir necha jihatini keltirish mumkin, lekin hisob-kitob qilinadigan ikki omilni farqlash lozim. Bular, material xarajatlar sarf me’yori hamda material xarajatlar bahosining o‘zgarishidir. Barcha omillar ta’sirini shu ikki omil vositasida hisoblash mumkin. Bu yerda me’yor o‘zgarishiga miqdoriy birlik, baho ta’sirini esa sifat birligi deb qaralishi ham mumkin.



      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish haqi fondidan foydalanish tahlili

    Download 1,74 Mb.