• Materiallar xarajatiga «sarf me’yori» va «material bahosi» o‘zgarishlarining ta’siri tahlili
  • Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Oshxona servizini ishlab chiqarish uchun materiallar xarajati




    Download 1,74 Mb.
    bet146/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Oshxona servizini ishlab chiqarish uchun materiallar xarajati





    Materiallar

    Biznes-reja

    Haqiqatda

    sarf me’yori, kg

    material bahosi, so‘m

    material xarajati, so‘m

    sarf me’yori, miqdori kg

    material bahosi, so‘m

    material xarajati, so‘m

    Loy

    3,35

    1529

    5122,1

    3,50

    1500

    5250

    Kaolin

    15,16

    1369

    20754

    15,26

    1380

    21058,8

    Dala shpati

    -

    -

    480

    -

    -

    480

    Kvars

    5,44

    1184

    6440,9

    5,54

    1190

    6592,6

    Pegmatit

    -

    -

    444

    -

    -

    444

    Jami:

    X

    X

    33241

    X

    X

    33841,4

    Oshxona servizini ishlab chiqarish uchun materiallar xarajati 33841,4 so‘mni tashkil etib biznes-rejaga nisbatan 600,4 so‘m ortiqcha sarfga yo‘l qo‘yilgan. Materiallar xarajatini o‘zgarishiga omillar ta’sirini zanjirli bog‘lanish usuli orqali aniqlaymiz.

      1. jadval

    Materiallar xarajatiga «sarf me’yori» va «material bahosi» o‘zgarishlarining ta’siri tahlili





    Materiallar

    Materiallar xarajati, so‘m

    Farqi (+,-)

    Reja, rejadagi sarf me’- yori reja bahosida

    Haqiqatda, haqiqiy sarf me’- yori ha- qiqiy
    bahoda

    Shartli, haqiqiy sarf me’- yori reja bahosida



    Jami: gr2 – gr1

    shu jumladan o‘zgarishi

    sarf me’yori gr3-gr1

    material bahosi gr2-gr3

    Loy

    5122,1

    5250

    5351,5

    +127,9

    +229,4

    -101,5

    Kaolin

    20754

    21058,8

    20890,9

    +304,8

    +136,9

    +167,9

    Dala shpati

    480

    480

    480

    -

    -

    -

    Kvars

    6440,9

    6592,6

    6559,3

    +151,7

    +1184

    +33,3

    Pechmatit

    444

    460

    460

    +16

    +16

    -

    Jami:

    33241

    33841,4

    33741,7

    +600,4

    +500,7

    +99,7

    Sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli materiallar xarajati rejaga nisbatan 500,7 so‘mga ortgan. Barcha material turlari bo‘yicha mahsulot birligi uchun sarflangan materiallar miqdori rejaga nisbatan yuqori bo‘lgan. Materiallar bahosining o‘zgarishi tufayli materiallar xarajati 99,7 so‘mga ortgan.
    Mahsulot tannarxidagi materiallar xarajatlarini pasaytirish uchun qimmatbaho materiallarni arzoni bilan almashtirish ( mahsulot sifatiga putur yetkazmagan holda), ikkilamchi resurslardan keng foydalanish, xomashyoga ishlov beruvchi zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, materiallarni transport – tayyorlov xarajatlarini pasaytirishning optimal variantlarini qo‘llash, kadrlar malakasini oshirish lozim.
    Sarf me’yorining o‘zgarishiga, asosan, quyidagilar ta’sir ko‘rsa- tishi mumkin:

    1. Dastgohlar texnik jihatdan nosozligi.

    2. Xomashyo sifati.

    3. Ishchining malakasi.

    Material bahosi o‘zgarishiga quyidagi sabablar ta’sir ko‘rsatadi:

    1. Xomashyo yetkazuvchi bazalarni uzoq yoki yaqin joylashganligi.

    2. Transport turlarini o‘zgarishi.

    3. Davlat tomonidan material narxini o‘zgartirilishi.
      1. Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili


    Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga daxldor bo‘lgan elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob-kitob- larning muhim obyekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir xildagi mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarda mahsulot tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
    Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtiso- diy elementlari bo‘yicha emas, balki, xarajat moddalari bo‘yicha o‘rga- nishni, ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho berishni hamda o‘zgarish sabablarini o‘rganishni tavsiflaydi. Mahsulot ishlab chiqarishning kalkulatsiya moddalari ishlab chiqarish va texnolo- giya jarayonlari xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulatsi- ya moddalari tarkibini bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi tannarxni umumiy hajmda va moddalari bo‘yicha tahlil etish imkoniyati tug‘iladi. Bunday tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga belgilanadigan narxni aniqlashda foyda va rentabellikni oshrishda muhim o‘rin tutadi.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni xarajat moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tar- kiblash mumkin. Masalan, material xarajatlari yoki xomashyo xarajatlari qatori bo‘yicha xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining o‘zgarishi, ularni sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat haqi xarajatlarining o‘zgarishida ishchilar soni va bir xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajat- lari bo‘yicha ham xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin, ya’ni amortizatsiyalangan qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yor- lari, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar turi, salmog‘iga bog‘liq va hokazolar. Omillar ta’sirini aniqlashda har bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz o‘rganiladi.

      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oshxona servizini ishlab chiqarish uchun materiallar xarajati

    Download 1,74 Mb.