|
Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega
|
bet | 154/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega:
moliyaviy tahlilning natijalaridan hamma foydalanishi mumkin;
moliyaviy tahlilning subyektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot ma’lumotlariga asoslanadi;
moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o‘tkaziladi;
moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo‘lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
Ko‘rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o‘tkaziladi. Korxona- larni ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o‘tka- zish, absolut, nisbiy, o‘rtacha, dinamik ko‘rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelat- siya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim.
Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab va muhim bo‘lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo‘lishi lozim. Yuqorida ko‘rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilishi lozim:
Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash.
Moliyaviy holatning o‘zgarishini aniqlash.
Korxonaning to‘lov qobiliyatiga baho berish.
Moliyaviy holatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi va moliyaviy mustah- kamligiga baho berish.
Korxona balansi likvidligiga baho berish va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.
Aylanma mablag‘lar aylanishiga baho berish.
Korxonalarda qo‘lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifoda- lab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zaxiralarni ko‘rsatib berish.
Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish.
Bajariladigan vazifalar shuni ko‘rsatayaptiki, moliyaviy holatni tah- lil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillash- tirishda katta ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning obyektlari va predmetlari aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy obyekti, xo‘jalik subyektlari, alohida korxonalar, tashkilotlar hisobla- nadi, lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab chiqarish tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin.
|
| |