|
Mol-mulk tarkibining tahlili
|
bet | 162/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Mol-mulk tarkibining tahlili
Yangicha ish yuritish sharoitida korxonalar mulkining tarkibini o‘rganish va uni ko‘paytirish yo‘llarini aniqlash xo‘jalik faoliyatining tahlilida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, balansga qarab korxona mol– mulki va boyligining tarkibini kuzatish, sof mablag‘ holatini aniqlash, imkoniyat me’yorini o‘lchashga yordam beradi. Korxona mablag‘lariga, asosan, vositalar va oborotdan tashqari aktivlar hamda material (me’yor- lashtirilgan) aylanma pul mablag‘lari kiradi. Ularni miqdori hissadorlik,
hamkorlik, kichik va boshqa korxonalarning katta-kichikligiga, ixtisos- lashuvi va bozor sharoiti raqobatlariga bardoshligiga bog‘liqdir.
Moliyaviy tahlilning muhim xususiyatlaridan biri korxona mulki, zaxiralar va xarajatlarni har tomonlama o‘rganishdir. Bunday mablag‘lar tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xomashyo va materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar va komplektlovchi buyumlar, konstruk- siya va detallar, ikkilamchi materiallar va o‘rnatilgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, parvarish va boquvdagi chorva mollari, urug‘ va yem- xashak, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi. Ular korxo- naning bir me’yorda ishlashi hamda mahsulot ishlab chiqarishi va shartnoma bo‘yicha sotish rejasini ta’minlashga yetarli bo‘lishi lozim. Shuningdek, zaxira va xarajatlar tarkibiga o‘simlik va chorvachilik bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr chiqimlari, tayyor mahsulot va boshqalar ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ham o‘rganish va tahlil etish lozim bo‘ladi. Quyidagi jadvalda korxona mulkining hajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda balans ma’lumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga layoqatli boyliklar holati o‘rganiladi. Keltirilgan ma’lumotlar balansning jami summasiga teng bo‘ladi.
jadval
Buxgalteriya balansi aktiv moddalarining tahlili
|
| |