|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 163/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Mol-mulkning tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O‘zgarishi (+,-)
|
Summa, ming so‘m
|
Salmo g‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Sal- mog‘i,
%
|
Sum- madagi, ming
so‘m
|
Sal- moq- dagi,
%
|
Yil boshiga nisbatan
o‘sishi, %
|
1. Uzoq muddatli
aktivlar
|
186790
|
25,99
|
203491
|
22,80
|
+16701
|
-3,19
|
+8,94
|
2. Joriy aktivlar
Shu jumladan:
|
531756
|
74,01
|
689066
|
77,20
|
+15731
0
|
+3,19
|
+29,58
|
a) Tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr va muddati kechiktirilgan
xarajatlar
|
470833
|
65,52
|
531450
|
59,54
|
+60617
|
-5,98
|
+12,87
|
b) Pul mablag‘lari va qisqa muddatli
qo‘yilmalar
|
7657
|
1,08
|
9491
|
1,07
|
+1834
|
-0,01
|
+23,95
|
d) Debitorlar
|
53266
|
7,41
|
148125
|
16,59
|
+94859
|
+9,18
|
+178,08
|
Balans aktivining
jami:
|
718546
|
100,0
|
892557
|
100,0
|
+174011
|
-
|
+24,22
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan joriy davrda jami aktivlar summasi
174011 ming so‘mga yoki 24,22 % ga ko‘paygan. Aktivlarning ko‘payishini ijobiy baholagan holda, ma’lumotlarga e’tibor qiladigan bo‘lsak, aktivlarning ko‘payishi, asosan, joriy aktivlarning 157310 ming so‘mga ortganligi hisobiga bo‘lgan. Korxonaning uzoq muddatli aktivlari ham 16701 ming so‘mga ortganligini ijobiy baholamoq lozim. Joriy aktivlarning tarkibini o‘rganadigan bo‘lsak, joriy yil oxirida yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zaxiralar 12,87 % ga ko‘paygan, ya’ni bu 60617 ming so‘mni tashkil etadi. Xo‘jalik subyektining debitorlik qarzlari ham yil oxiriga kelib 178,08 % ga yoki 94859 ming so‘mga ko‘payganligini salbiy baholamoq kerak, chunki, debitorlik qarzining bunday tartibda ortib borishi korxonaning aylanma mablag‘larini aylanishini sekinlashtiradi, to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Korxona aktivlari tarkibida asosiy salmoqni tovar-moddiy zaxiralari egallamoqda, ya’ni u 60 % ga yaqin aktivlar summasini tashkil etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxonada me’yordan ortiqcha tovar-moddiy zaxirasi yaratilganligini hamda uning natijasida korxona joriy aktivlarini aylanishi sekinlashishini ko‘rsatmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati mavjud aktivlardan unumli foydalanish choralarini ko‘rishi lozim.
Bozor sharoitida aylanma mablag‘lar, zaxiralar va tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi eng kam, sof faoliyat ko‘rsatadigan sharoitiga yetarli bo‘lishi lozim. Tahlilda esa balans ma’lumotlari va materiallarni hisoblovchi schotlardan foydalaniladi.
Mablag‘lar manbayi tahlili
Balansning passiv qismida korxona mablag‘larini qoplash manbalari ko‘rsatiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mablag‘larni to‘ldirish quyidagilardan iborat:
O‘zlik mablag‘larning manbalari.
Majburiyatlar.
Bunda eng muhim o‘rinni korxonaning o‘ziga qarashli bo‘lgan us- tav kapitali, qo‘shilgan va rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qop- lanmagan zarar), maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari egallaydi. Ustav kapital korxona ixtiyoridagi doimiy berkitilgan asosiy va aylanma mablag‘larning hajmini ko‘rsatadi. U turli xo‘jalik muomalalari ta’sirida
o‘zgarib turadi. Bunga foydaning taqsimlanishi hisobiga to‘ldirilish, homiylarning a’zolik badallari, asosiy vositalarning qayta baholanishi va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Mablag‘larning ko‘paytirish manbala- ri tarkibida foyda alohida o‘rinni egallaydi. Foyda hajmining ko‘payishi eng avvalo Ustav jamg‘armasini to‘ldirishga va boshqa rezerv jamg‘ar- malari yaratilishiga olib keladi. Amortizatsiya va boshqa fondlarning tashkil bo‘lishi ham bozor sharoitida mazmunan o‘zgarmoqda.
Kredit va boshqa mablag‘larga qisqa, o‘rta, uzoq muddatga mo‘ljallab olingan kreditlar, o‘z muddatida uzilmagan ssudalar va bosh- qa qarz mablag‘lari kiradi, shuningdek, kreditorlar bilan hisoblashishlar va boshqa passivlar ham shu yerda inobatga olinadi. Bunda kreditorlik qarzlaridan tashqari budjetga, sug‘urta va mehnat haqi yuzasidan korxonaning qarzlari ko‘rsatiladi.
Bozor iqtisodi qonuniyatlari va talabidan kelib chiqqan holda korxo- nada qarz kam bo‘lgani ma’qul. 3-jadvalda korxona mablag‘larining manbalari ko‘rsatilgan.
jadval
|
| |