|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 171/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e4929-chizma. Korxona barqarorligining turlari.
Umumiy barqarorlik chegarasini yuqori yoki past bo‘lishi turli xil sabablarga bog‘liq (-chizmaga qarang).
«Barqarorlik zaxirasi» - bir necha yillar davomida shakllangan moliyaviy zaxiralar miqdori tasodifiy va keskin tashqi kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan.
texnik – iqtisodiy barqarorlik – investitsiya loyihalari samara- dorligi, texnika bilan qurollanish darajasi, ishlab chiqarish, mehnat, boshqaruvni tashkillashtirish; pul oqimlarini harakati tufayli foydaga erishishni ifodalaydi.
moliyaviy barqarorlik – daromadni xarajatlarga nisbatan va re- surslar holatini yuqori bo‘lishi, pul mablag‘larining erkin harakatini ta’minlaydi, mablag‘lardan samarali foydalanish ishlab chiqarish uzluksizligi, uni kengaytirish va yangilanishi uchun zamin yaratadi.
Moliyaviy barqarorlik o‘z va chetdan jalb etilgan kapitallar nisbati, joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyat tufayli o‘z kapitali
jamg‘armasini o‘sish darajasi, harakatchan va immobilizatsiya qilingan resurslar nisbati, zaxiralarni o‘z mablag‘lari manbayi bilan ta’minlanishini ifodalaydi. Demak, moliyaviy barqarorlik moliyaviy resurslar holati birinchidan, bozor talabiga mos kelishi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Moliyaviy barqarorlik tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin.
Joriy
Yuzaki
Moliyaviy barqarorlik
Real
Imkon
30-chizma. Korxona moliyaviy barqarorligini turlari.
- joriy – konkret (aniq) davr mobaynidagi moliyaviy barqarorlik;
- imkon – tashqi sharoit o‘zgarishini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik;
- yuzaki – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, chetdan beriladigan yordam tufayli moliyaviy barqarorlik;
- real – raqobat sharoitida kengaygan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik.
Professional so‘z boyligida «moliyaviy barqarorlik» terminini ishlatilishi bir xil ma’noni anglatmaydi.
Chet el iqtisodiy adabiyotlari va jahon amaliyotida «moliyaviy barqarorlik» so‘zini ifodalanishidagi farqlanish korxona balansi tahliliga ikki xildagi yondoshish, ya’ni balans likvidligini an’anaviy va zamonaviy funksional usullarini qo‘llash orqali yuzaga keladi.
Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli orqali aniqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
minimal moliyaviy tenglik qoidasi – ijobiy likvidlikka asoslan- gan bo‘lib, bunda joriy aktivlar likvidligining o‘sishi majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi shart;
maksimal qarzdorlik qoidasi – an’anaviy me’yorlarga muvofiq korxona qarzini o‘z mablag‘lari bilan qoplanish chegarasi: uzoq va o‘rta muddatli qarzlar doimiy kapitalning yarmidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
maksimal moliyalashtirish qoidasi – oldingi qoidaga rioya qilin-
gan holda qarz kapitali barcha qo‘yilmalar uchun to‘lanadigan foiz summalaridan ortib ketmasligi lozim.
Funksional balans likvidligini tahlili orqali moliyaviy barqarorlik quyidagi shartlarga rioya qilgan holda aniqlanadi:
moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun stabil resurslar – doi- miy kapital va unga tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan aktivlarni 100 % qoplashi lozim. Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil joylashgan mablag‘lar stabilga ega bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlar shaklida moliyalashtirilganligini ifoda- laydi. Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli moliyalashtirish tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar quyidagilarga olib keladi:
- oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida vaqtinchalik erkin harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi;
- oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning natijasida chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga;
Trend
Vertikal
Gorizontal
umumiy qarzdorlikni baholash – chetdan jalb etilgan qarz mab- lag‘lari o‘z mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir.
|
| |