• Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etish usullari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet172/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Moliyaviy barqarorlikni tahlil etish usullari



















    Matematik- statistika




    Qaror qabul qilish nazariyasi





    1. Iqtisodiy – matematik
      chizma. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etish usullari

    Amaldagi iqtisodiy fan o‘z tasarrufida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etishning ko‘plab usullari va uslublarini jamlagan.
    Ular bozor munosabatlari sharoitida tahlil oldiga qo‘yilgan yangi talablar tufayli o‘zgarib boradi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etishning usullari chizmada keltirilgan.
    Korxona faoliyati murakkab tizim va tizilmalardan iborat bo‘lib, shu tufayli uning barqarorligini baholash kompleks tarzda yondoshgan holda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish kerak. Ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: mutlaq, nisbiy.
    Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlar ishtirokida aniqlash uchun ishlab chiqarish zaxiralarini uni tashkil etuvchi manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari, bankdan olingan uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit va qarzlar summalari bilan taqqoslanadi. Nisbiy ko‘rsatkichlar foiz, koeffitsiyent, indekslar ko‘rinishida ifodalanadi.
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Undagi ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab, mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanish aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iboratdir:

    1. Jami mablag‘dagi korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushini qanchaligini hisoblashdir yoki bu quyidagi tartibda topiladi:

    1. korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ jami mablag‘ (balans jami)

    Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik moliyaviy barqarorlik yuqori bo‘ladi.





    1. Korxonadagi o‘ziga qarashli mablag‘ bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat yoki bu quyidagi tartibda topiladi:

    1. qarzga olingan mablag‘ o‘ziga qarashli mablag‘

    O‘ziga qarashli mablag‘ ulushi ortgan sari moliyaviy barqarorlik kuchayib boradi.



    1. Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni uzoq muddatli qarz mablag‘larini korxonaning o‘ziga qarashli va qarz

    mablag‘lar summasining yig‘indisiga bo‘linadi yoki bu quyidagi tartibda aniqlanadi:

    1. uzoq muddatga olingan qarz mablag‘ korxonaning o‘ziga+uzoq muddatga olingan

    qarashli mablag‘ qarz mablag‘



    1. Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:

    1. o‘ziga qarashli aylanma mablag‘ o‘ziga qarashli jami mablag‘




    1. Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti yoki bu quyidagicha topiladi:

    1. asosiy vositalarning eskirish summasi asosiy vositalar + nomaterial aktiv

    Bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari bo‘yicha topiladi:

    1. Korxona mulki tarkibidagi asosiy vositalarning aniq qiymati koeffitsiyenti, bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari asosida hisoblanadi va quyidagicha topiladi:

    1. asosiy vositalar (qoldiq bahoda)

    jami sof mulk



    1. Korxonadagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti, buni hisoblash quyidagicha bo‘ladi:

    1. aylanma mablag‘lar (zaxira va pul mablag‘lari)

    jami mulk (balans jami)
    Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi.

      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.