• Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik)
  • Moliyaviy
  • Tashqi
  • Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin




    Download 1,74 Mb.
    bet170/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


        • korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi;

        • ishlab chiqarishni tashkil qilish;

        • ishlab chiqarishni boshqarish;

        • korxona ustav jamg‘armasining hajmi;

        • korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati;

        • o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;

        • korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.

    Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilar- ni kiritish mumkin:

        • korxonaning tovarlar bozoridagi holati;

        • korxonaning eksport va import aloqalari;

        • korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi;

        • bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar;

        • respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx- navo va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.

    Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-muloha-
    zalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli savolni qo‘yish mumkin. Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik) ko‘rsatkichlarining darajasiga binoan, korxonadagi qanday muam- molarni yechish mumkin bo‘ladi? Bu savolga talabalarning munosabat qanday? Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p to- monlariga ta’sirini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliya- viy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari bilan tanishish lozim.
    Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkich- lar tizimini chegaralab olish lozim.
    Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha mo- liyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taq- simlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
    Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsim- lanish va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.
    A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustah- kamlik va to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham xuddi shu fikrga ega. Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyentining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar.
    Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham bizning fikrimizcha notug‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi va moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy mustah- kamlikning kriteriyasi aniqlanishi lozim va bu kriteriya sifatida korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiya
    etiladi. Bizningcha esa, avvalambor, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi aniqlanil- maydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustah- kamlik bo‘yicha ham kriteriyalar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak.
    Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari, V.G.Artemenko va M.V.Bellendir- lar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birga absolut ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan.
    Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolut farq esa – moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustah- kamlikni tahlil qilishdagi eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida kelishuvchanlik hali mavjud emas ekan.
    Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli ko‘rsatkich bo‘lib, korxona faoliyatining barcha tomonlari natijasi unda aks etadi. Moliyaviy barqa- rorlikka erishgan korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

    • bozor munosabatlarini har xil sharoitlarida ham faoliyat yurita olishi;

    • korxona pul mablag‘larini erkin harakat qilishi;

    • moliyaviy resurslarni bozor talablariga mos kelishi;

    • moliyaviy resurslar holati ishlab chiqarishni rivojlantirish va to‘lov qobiliyati, kreditga layoqatligini ta’minlay olishi;

    • ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlarini manbalar bilan qoplanishi.

    Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikka taalluqli ko‘rsatkichlar, ularni hisoblash yo‘llari va tahlili yetarlicha yoritilmagan. Moliyaviy barqarorlik mazmun jihatidan turlicha ta’riflanadi.
    To‘lov qobiliyati, balans likvidligi, korxonani bozor faolligi ko‘rsat- kichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rilishi mutlaqo noto‘g‘ri.
    Tahlil davomida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki va
    tashqi omillarga e’tiborni qaratmoq lozim.
    Ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.

    • korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi (strukturasi);

    • ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;

    • xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;

    • mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan, zaxira va rezervlar, ular tarkibi va tuzilishi.

    Tashqi omillarga xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari, to‘lovga qodirlik, xaridorlarning daromadlik darajasi, davlatning soliq va kredit bo‘yicha siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi.




    Barqarorlik zaxirasi




    Download 1,74 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin

    Download 1,74 Mb.