|
Moliyaviy barqarorlik tahlili
|
bet | 169/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Moliyaviy barqarorlik tahlili
Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi. Avvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlani- shi va ulardan foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqla- nayotgan ko‘rsatkichni moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi – bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi. Bu haqda respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida shunday deyiladi:
Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi ko‘rsatkich bo‘lib, u:
Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;
Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabat- larining talablariga javob berishligini;
Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qop- lovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakl- lanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati- ning hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.
|
| |