• Likvidlilik koeffitsiyentlariga
  • Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi




    Download 1,74 Mb.
    bet165/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:


    1. Ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun.

    2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‘lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish.

    3. Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun.

    Taqsimlanmagan foyda – bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko‘rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan sanaladi, lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710 – «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplan- magan zarar)» hamda 8720 – «Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.
    Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg‘or metodlardan hisoblanib, bizning o‘rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

    Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsi- yentlar o‘rganiladi va ular shartli ravishda to‘rtta katta guruhlarga ajratiladi:


    1. Rentabellik koeffitsiyentlari.

    2. Likvidlik koeffitsiyentlari.

    3. To‘lov qobiliyati koeffitsiyentlari.

    4. Bozor indikatorlari.

    Bu ko‘rsatkichlar ham o‘z tarkibiga bir qancha koeffitsiyentlarni oladi: demak, birinchi ko‘rsatkich tarkibiga:

    1. Xususiy kapital rentabelligi.

    2. Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi.

    3. Leveridj.

    4. Sotish rentabelligi.

    Likvidlilik koeffitsiyentlariga:


    1. tez likvidlilik koeffitsiyenti;

    2. debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti;

    1. ishlab chiqarish zaxiralarini aylanishi koeffitsiyenti;

    2. qiyin likvidlilik koeffitsiyenti.

    To‘lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsiyentlarga quyidagilar kiradi:

    1. Qarz va xususiy kapital nisbati koeffitsiyenti.

    2. Xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsiyenti.

    3. Qarz mablag‘larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti.

    Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya hisobida aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o‘rganiladi.
    Bu koeffitsiyentlar ichida bizning mavzuga taalluqli bo‘lgan koeffitsiyentlar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagicha aniqlanadi:

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi

    Download 1,74 Mb.