|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 161/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Birinchidan, balansning ham aktiv, ham passivi bo‘yicha bo‘limlari soni o‘zgarib, korxona mablag‘lari va ularning manbalari konsentratsi- yalanib bordi.
Ikkinchidan, balans bo‘limlarining nomlari o‘zgarib, yangi nomlar- da mablag‘lar va ularning manbalari mazmuni to‘liqroq aks ettirila boshlandi.
Uchinchidan, korxona balanslarining o‘zgarishida alohida ishlab
chiqarish tarmoqlarining mablag‘lari va ularni qoplovchi manbalarining xususiyatlari e’tiborga olingan.
To‘rtinchidan, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi munosabati bilan korxona balansi bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan yo‘nalishda takomillashtirilmoqda.
Beshinchidan, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtirish maqsa- dida balans-bruttodan balans-nettoga o‘tildi.
Oltinchidan, respublikamiz jahon iqtisodiyoti bilan integratsi- yalashib borar ekan, mamlakatda buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qilish xalqaro standartlarga o‘tkazilamoqda.
Yuqorida aytilganidek, korxona balansi ikki shaklda bo‘lishi mum- kin: balans-brutto, balans-netto.
«Brutto» atamasi italyancha «brutto» so‘zidan olingan bo‘lib, u da- g‘al, toza emas degani, «netto» atamasining ma’nosi toza demakdir. Sobiq ittifoq davrida ham balans-brutto, balans-netto keng foydala- nilgan. Balans-brutto 1938-yilgacha bo‘lgan, 1938-1952-yillarda balans- nettoga o‘tilgan, 1952-1992-yillarda balans-bruttoga qaytilgan, 1993- yildan boshlab, yana balans-nettoga o‘tildi.
Balans-brutto, balans-nettoda korxona mablag‘lari har xil ifodalana- di. Balans-bruttoda tartibga soluvchi moddalari bo‘lib, korxona mablag‘- larini, ularning manbalari haqiqiy hajmlarini aniqlashda to‘sqinlik qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun balans-
netto ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Buxgalteriya balansini tahlil qilishga tayyorlash uni tuzishning to‘g‘riligini va ayrim moddalarining aniqligini tekshirishni, balans ko‘rsatkichlari bilan hisobotning boshqa shakllari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashni, uning ayrim ko‘rsatkichlarini tartibga soluvchi summalardan «tozalash»ni va yirikroq pul o‘lchamidagi summalarni yaxlitlashni nazarda tutadi.
|
| |