|
Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti
|
bet | 167/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti. Xususiy kapital qiymati Jami mablag‘lar
formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsiyent qanchalik birga yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bu koeffitsiyentning kamida 50 % ga ega bo‘lishlari lozim.
Aylanma mablag‘larni qoplashga o‘zlik manbalarining yetarliligi yoki yetishmasliligi tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning moli- yaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning korxona moliyaviy ho- latini umumiy baholash bosqichidan keyingi eng asosiy bosqich bo‘lib – korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda korxonaning aylanma mablag‘larini qoplashga korxo- naning o‘z mablag‘larini yetarli yoki yetishmasligi ham o‘rganiladi.
Balans ma’lumotlariga qarab korxonani aylanma mablag‘lari qanday manbalar hisobiga tashkil etilganligi o‘rganiladi. Bunday tahlilning zarurligi shundaki, korxonalarni moliyaviy mustaqilligi, barqarorligi, kredit olishga layoqatliligini aniqlashda o‘zlik manbalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning yetarliligini aniqlash uslubi keltirilgan.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot yili boshiga nisbatan yil oxirida 268911 ming so‘mga o‘z mablag‘lari manbalari ko‘paygan. Xo‘jalik subyek- tining uzoq muddatli aktivlari esa yil boshiga nisbatan 16701 ming
so‘mga ortgan. Buning natijasida korxonada joriy yil oxiriga kelib tovar- moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli o‘zlik manbalari hajmi 252210 ming so‘mga ko‘paygan.
jadval
Tovar-moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli manbalar bilan ta’minlanganlik tahlili (ming so‘mda)
|
| |