• Mol-mulk va mablag‘lar harakatchanligi tahlili
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet178/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    sotishdan tushum

    Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan


    korxonalarda o‘ziga qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib borish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda, albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi belgisi hisoblanadi.


      1. Mol-mulk va mablag‘lar harakatchanligi tahlili


    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida balans ma’lumotlari asosida korxona aktivlarining holatini o‘rganishda ularning pulga aylanuvchanligiga baho berish tahlilning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday tahlilning zaruriyati bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qattiq moliyaviy cheklanishlarning paydo bo‘lishi va olingan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini o‘z vaqtida hisoblab baho berishda ko‘rinadi. Ayniqsa, to‘lov majburiyatlarining muddati korxona mulki faoliyat natijasida pulga aylanish muddatiga mos kelishi moliyaviy holatni yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, korxona aktivlarining harakatchanligini tahlil qilgan holda qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligi muntazam o‘rganilishi lozim.


    Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning erkin faoliyat yuritishida bankrotlik holatiga tushish va sinish xavfidan saqlanish maqsadida balans likvidligi tahlili natijalaridan foydalaniladi. Tahlil etish uchun balans aktividagi moddalarni pulga aylanish muddati passividagi moddalarning qarzni uzish muddatlari bilan taqqoslanadi. Bunday taqqoslash natijasiga ko‘ra balans aktividagi moddalarni sotishidan kelgan tushumi korxona qarzlari (majburiyatlari)ni uzishi uchun yetarli bo‘lsa balans likvidlikka ega deb hisoblanadi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.