|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 181/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Passiv
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
To‘lash uchun mablag‘larning yetarliligi (+) yoki
yetishmasliligi (-)
|
yil
boshiga
|
yil oxiriga
|
1. Doimiy harakatdagi aktivlar
|
7657
|
9491
|
1. Muddati kelgan to‘lov
majburiyatlari
|
249458
|
127554
|
-241801
|
-118063
|
2. Tez sotiluvchi (pulga aylanuvchi)
aktivlar
|
53266
|
148125
|
2. Qisqa muddatli passivlar
|
8589
|
35593
|
+44677
|
+112532
|
3. Sekin sotiluvchi (pulga
aylanuvchi) aktivlar
|
470833
|
531450
|
3. Uzoq muddatli passivlar
|
-
|
-
|
+470833
|
+531450
|
4. Qiyin sotiluvchi (pulga
aylanuvchi) aktivlar
|
186790
|
203491
|
4. Doimiy passivlar
|
460499
|
729410
|
-273709
|
-525919
|
BALANS
|
718546
|
892557
|
BALANS
|
718546
|
892557
|
0
|
0
|
Ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagi shartlarni bajarilishini tekshiramiz. 1. A1 ≥ P1. 2. A2 ≥ P2. 3.
A3≥P3. 4. A4 P4.
Yil boshiga Yil oxirida
1. 7657 249458 1. 9491 127554
2. 53266 8589 2. 148125 35593
3. 470833 0 3. 531450 0
4. 186790 460499 4. 203491 729410
347
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada balans likvidligiga qo‘yilgan to‘rtta shartdan birinchisi yil boshida ham, yil oxirida ham bajarilmagan, ya’ni korxonaning doimiy harakatdagi aktivlari uning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetishmas ekan. Bu esa korxona balansining tez likvidlikka ega emasligidan dalolat beradi. Qolgan shartlar esa yil boshiga ham, yil oxiriga ham bajarilgan. Bundan ko‘rinadiki, korxona balansi mutlaq likvidlikka ega bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, korxona balansining likvidligi yil boshiga nisbatan yil oxirida bir qadar yaxshilangan. Bunday natijalarni ijobiy baholasa ham bo‘ladi.
Umuman olganda, quyidagi shartlarga amal qilinsa, korxona mablag‘i harakatchan deb baholanadi:
doimiy harakatdagi aktivlar > muddati kelgan to‘lov
majburiyatlar;
tez sotiluvchi aktivlar > qisqa muddatli passivlar;
v) sekin sotiluvchi aktivlar > o‘rta va uzoq muddatli passivlar;
g) qiyin sotiluvchi aktivlar < doimiy passivlar
Aylanma mablag‘larning aylanishini tahlili
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koef- fitsiyenti joriy aktivlarning moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchan- ligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va ular- dan unumli foydalanish darajasi tahlil qlinadi va uning muhim yo‘na- lishlari belgilanadi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish;
mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni iste’molchilarga yetib borishi va ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish;
aylanma mablag‘lar bo‘yicha me’yoriy zaxiralar saqlanishiga amal qilish;
aylanma mablag‘larning me’yordan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar);
aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va to‘g‘ri belgilash;
aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish;
korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning murakkabligiga ahamiyat berish;
tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri baholash;
aylanma mablag‘lar normativini belgilash;
aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining monopolligini cheklash;
moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va texnologik yangilanishni ta’minlash va hokazolar.
Moliyaviy tahlilning muhim qismi aylanma mablag‘lardan samarali foydalanganlikni o‘rganish egallaydi, bunda, aylanma mablag‘lar, ayniqsa, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, debitorlik qarzlari, pul va valuta mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar harakatini o‘rganish muhimdir.
|
| |