|
X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYAVIY NATIJALARI TAHLILI
|
bet | 189/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYAVIY NATIJALARI TAHLILI
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olish- dir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan davrida ko‘tariladi. Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu – kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik hisobining obyektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi. Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib, barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish, rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar
mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z o‘rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqqa yo‘naltiradilar.
Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq iste’moli tufayligina ro‘yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab bo‘lsagina ular iste’molga yo‘l oladi, boshqacha qilib aytganda, sotiladi. Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining maz- muni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda qilishning boshqacha usuli bo‘lishi mumkin emas. Foyda mexaniz- mining ta’siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste’mol- chi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo‘l orqaligina foyda olishni biladi.
Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
|
| |