Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy




Download 1,74 Mb.
bet191/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy


manfaatlari

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tu- shuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublika- sida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventari- zatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.


Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:

  • firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi;

  • kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ;

  • mulk egasining asosiy maqsadi;

  • raqobatga bardoshlikning mezoni;

  • ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy

Download 1,74 Mb.