• Mahsulot sotishdan olingan foyda va uning o‘zgarishining omilli tahlili
  • Mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash
  • Davr xarajatlari tahlili
  • Mahsulot ishlab chiqarish kritik hajm darajasi tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet199/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mahsulot ishlab chiqarish kritik hajm darajasi tahlili





    Ko‘rsatkichlar

    Summasi

    Mahsulot birligining bahosi

    500

    Jami o‘zgarmas xarajatlar

    100000

    Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar

    300



    Aniqlash kerak:
    Kritik hajm darajasini

      • qiymat ifodasi;

      • miqdor ifodasi;

    Jami o‘zgarmas xarajatlar
    Kritik hajm darajasi = 1- birlikka o‘zgaruvchan xarajat
    birlik bahosi

    Yuqoridagi belgilashlardan kritik hajm darajasini aniqlash mumkin.


    100000
    Kritik hajm = = 250000 so‘m
    300
    1-
    500
    Kritik hajm darajasining qiymat ifodasini uning birlik bahosiga bo‘lish asosida kritik hajm darajasida mahsulot miqdorini aniqlash mumkin.

    250000
    Kritik hajm = ------------------- = 500 dona


    500

    Uning o‘zgarishini bevosita yuqoridagi formula asosida o‘zaro bog‘lanishlarda aniqlash mumkin.





    1. jadval

    Mahsulot sotishdan olingan foyda va uning o‘zgarishining omilli tahlili





    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yili

    Hisobot yili o‘tgan yil
    tannarxida

    Hisobot yili

    1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan
    olingan sof tushum, ming so‘m

    1452513

    2578146

    3040381

    2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning
    ishlab chiqarish tannarxi, ming so‘m

    929608

    1789537

    2168322

    3. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan
    olingan yalpi foyda, ming so‘m

    522905

    788609

    872059

    Tahlil etuvchining tushunishi osonroq bo‘lishi uchun quyidagi bog‘lanishlarni keltirish o‘rinlidir.



    1. jadval

    Mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash







    Ko‘rsatkichlar



    O‘tgan yili

    Hisobot yilida sotish hajmi o‘tgan yil
    tannarxida



    Hisobot yili

    1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan
    olingan sof tushum

    QOPO

    Q1PO

    Q1P1

    2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning
    ishlab chiqarish tannarxi

    QOSO

    Q1SO

    Q1S1

    3. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan
    olingan yalpi foyda

    QO(PO SO)

    Q1(PO SO)

    Q1(P1 S1)

    Bu yerda:


    Q – mahsulot hajmi;
    S – mahsulot birligining tannarxi;
    P – mahsulot birligining bahosi.



    1. Mahsulot hajmining o‘zgarishi:

    788609 – 522905 = +265704.

    1. Baho va ishlab chiqarish tannarxi o‘zgarishining yalpi foyda o‘zgarishiga ta’siri:

    872059 – 788609 = +83450.
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan korxonada joriy yilda mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda miqdori o‘tgan yilga nisbatan 349154 ming so‘mga o‘sgan. Bu o‘zgarish quyidagi omillar hisobiga bo‘lgan: ya’ni mahsulot ishlab chiqarish hajmining miqdor jihatidan o‘zgarishi hisobiga mahsulot sotishdan olingan foyda summasi 265704 ming so‘mga ortgan. Umuman olganda korxonaning mahsulot sotishdan olingan yalpi foydasining ortishiga, asosan, mahsulot hajmi miqdorining o‘sishi sabab bo‘lgan. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foydaning o‘sganligini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim.
      1. Davr xarajatlari tahlili




    Davr xarajatlari deyilganda – bevosita ishlab chiqarish jarayoni bi- lan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xo‘jalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chiqish shakli va o‘rniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin.

    • sotish xarajatlari;

    • ma’muriy xarajatlar;

    • boshqa umumxo‘jalik xarajatlari.

    Sotish xarajatlari «Mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalar-
    ning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona faoliyati natijaviyligi bilan bog‘lanishi tartiblangan.
    Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
    Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material xarajatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizat- siyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari bo‘yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin.
    Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob foydasidan amalga oshiriladi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot ishlab chiqarish kritik hajm darajasi tahlili

    Download 1,74 Mb.