• Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Omillar ta’siri natijalari
  • 10. 8. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va yo‘qotishlar tahlili
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyatidagi daromadlar va xarajatlar tahlili (ming so‘mda)




    Download 1,74 Mb.
    bet202/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyatidagi daromadlar va xarajatlar tahlili (ming so‘mda)





    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yili

    Hisobot yili

    Farqi (+, –)

    foyda

    zarar

    foyda

    zarar

    foyda

    zarar

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    1. Asosiy vositalarni
    sotishdan olingan natija

    54793


    96387


    51389


    89328


    -3404


    -7059


    2. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni
    sotishdan olingan natija

    -

    35697

    -

    52131

    -

    +16434

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    3. Valuta mablag‘larini
    sotishdan olingan natija

    36982


    -


    50836


    -


    +13854


    -


    4. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan
    natija

    -

    -

    3645

    -

    +3645

    -

    5. Materiallarni sotishdan
    olingan natija

    6862


    42397


    954


    39821


    +5908


    -2576


    6. Qimmatli qog‘ozlarni
    sotishdan olingan natija

    -


    3773


    -


    -


    -


    -3773


    7. Nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan natija

    -


    -


    -


    8372


    -


    +8372


    Jami:

    98637

    178254

    106824

    189652

    +8187

    +11398

    Yuqoridagi korxona ma’lumotlarini tahlil etish bilan bir qatorda mazkur korxona bilan hamkorlik qiluvchi boshqa bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidagi moliyaviy natijalarini tahlil qilib chiqamiz.


    Foydaning shakllanishida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining natijasi salmoqli o‘rinni egallaydi.
    AFKF = YaF – DX + BD
    bunda:
    AFKF – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda; YaF – yalpi foyda;
    DX – davr xarajatlari;
    BD – asosiy faoliyatning boshqa daromadlari.
    Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaga bir necha omillar ta’sir etadi. Omillar ta’sirini hisoblashdan oldin analitik jadval orqali sotishdan kelgan sof tushumda sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, operatsion xarajatlar va asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromadlarning hisobot davri va o‘tgan yillardagi tutgan ulushlari aniqlanadi. So‘ngra asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani sof tushumga bo‘lish orqali rentabellik darajasi, ya’ni tushumning har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori aniqlanadi. Aniqlangan ko‘rsatkich ishtirokida har bir omilning foydaga bo‘lgan ta’siri hisoblab topiladi.

    1. jadval

    Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaga ta’sir etuvchi omillar tahlili




    T






    Ko‘rsatkichlar



    O‘tgan yil



    Hisobot yili

    O‘tgan yildan farqi

    Tutgan ulushi,
    %

    Ulush farqi,
    %

    o‘tgan yil

    hisobot yili

    1


    Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan
    kelgan sof tushum

    4547,8

    6548,9

    +2001,1

    100

    100

    -

    2

    Sotilgan mahsulotlar
    tannarxi

    2865,5


    4449


    +1583,5


    63,0


    67,94


    +4,94


    3


    Mahsulot (tovar, ish va
    xizmat)larni sotishning yalpi foydasi

    1682,3

    2099,9

    +417,6

    x

    x

    x

    4

    Sotish xarajatlari

    54,2

    66,3

    +12,1

    1,19

    1,01

    -0,18

    5

    Ma’muriy xarajatlar

    381,7

    506,2

    +124,5

    8,40

    7,73

    -0,67

    6


    Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va operatsion
    xarajatlari

    -255,9

    -219,7

    -36,2

    5,63

    3,35

    -2,28

    7

    Asosiy faoliyatning foydasi
    (3 satr – 4-5  6)

    990,5


    1307,7


    +317,2


    21,78


    19,97


    -1,81


    Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda o‘tgan yilga nisbatan quyidagi omillar ta’sirida 317,2 mln so‘mga ortgan.


    1. Mahsulot sotish hajmi. Bu omilning foydaga bo‘lgan ta’sirini aniqlashda inflatsiya darajasini hisobga olish lozim. Masalan, inflatsiya darajasi 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, baho indeksi 1,10 ga teng bo‘ladi.





    ib =
    100 + 10
    100

    = 1,1%



    Hisobot davridagi sotishdan kelgan tushum solishtirma bahoda quyidagicha aniqlanadi:




    T = Т 1 : ib

    bunda: T – sotishdan kelgan tushum solishtirma bahoda;


    T1 – hisobot davridagi sotishdan kelgan tushum;
    ib – baho indeksi.
    T=6548,9:1,10= 5953,5 mln so‘m.

    Demak, hisobot davrida mahsulot sotishdan kelgan tushum baho o‘zgarishi hisobiga 595,4 mln so‘mga ortgan.
    6548,9-5953,5=+595,4 mln so‘m.
    Sotish hajmining o‘zgarishini (baho o‘zgarishidan tashqari) foydaga bo‘lgan ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
    (2001,1 595, 4) · 21, 78 = +306, 2 mln so‘m.
    100
    2. Baho o‘zgarishi:
    +595,4 · 21,78 = +129,6 mln so‘m.
    100
    3. Sotilgan mahsulot tannarxining o‘zgarishi:
    6548,9 · (+4,94) = +323,5 mln so‘m.
    100
    Tannarx ortishi tufayli foyda 323,5 mln so‘mga kamaygan.
    4. Sotish xarajatlarining o‘zgarishi:
    6548,8 · (–0,18) = 11,8 mln so‘m.
    100
    Foyda 11,8 mln so‘mga ortadi.
    5. Ma’muriy xarajatlar o‘zgarishi:
    6548,9 · (–0,67) = 43,8 mln so‘m.
    100
    Foyda 43,8 mln so‘mga ortadi.
    6. Operatsion xarajatlarning kamayishi hisobiga foyda 149,3 mln so‘mga ortgan.

    6548,9 · (2,28) = –149,3 mln so‘m.
    100


    Omillar ta’siri natijalari





    1. jadval


    T


    Omillar ta’siri natijalari

    Summa, mln so‘m




    Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaning o‘tgan yildan farqi

    +317,2

    Shu jumladan:

    1

    Sotish hajmining ortishi

    +306,2

    2

    Mahsulot bahosining o‘zgarishi (INFLYaTsIYa)

    +129,6

    3

    Sotilgan mahsulot tannarxining ortishi

    -323,5

    4

    Sotish xarajatlarining pasayishi

    +11,8

    5

    Ma’muriy xarajatlarning kamayishi

    +43,8

    6

    Operatsion xarajatlarning kamayishi

    +149,3

    10. 8. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va yo‘qotishlar tahlili


    Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va xarajatlar 9510- 9590 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlar» hisobvaraqlarida alohida aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar bevosita korxonaning asosiy faoliyatiga daxldor emas. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq quyidagilar kiradi:

    1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.

    2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.

    3. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).

    4. Valuta schotlari, shuningdek, chet el valutalaridagi operatsiyalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.

    5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazo) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.

    6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.

    Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hiso- bi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMSlar asosida tartibga solinadi.
    Moliyaviy natijalar tarkibiga quyidagi ko‘rinishdagi moliyaviy investitsiyalarga oid daromadlar kiritiladi:

    • uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara to‘lovlari bo‘yicha tushumlar;

    • joriy moliyaviy investitsiyalarning sotilishidan olingan daromad;

    • qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning xarid qiymati va bozor qiymatigacha pasaytirilishi va qaytadan qiymatning o‘zgartirilishi;

    • balans qiymatining pasaytirilishi, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtinchalik pasaytirilishi va bu kabi pasaytirishlar qaytadan o‘zgartirilishi hollari bundan mustasno.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyatidagi daromadlar va xarajatlar tahlili (ming so‘mda)

    Download 1,74 Mb.