• Boshqa
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet200/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Ma’muriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmog‘i sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqa- ruv apparatining xizmat xarajatlaridir.
    Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga kiritilmagan xarajatlar – ishlab chiqarishni takomillashtirish, o‘zlashti- rish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi.
      1. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili


    Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va xarajatlar tahlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot, ish va xizmat- larni sotishdan tashqari faoliyatlardan olingan daromad va yo‘qotishlari tahlil etiladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar ko‘pincha operatsion daromadlar va xarajatlar, deb ham aytiladi. Operatsion xarajatlar va daromadlar qatoriga boshqa sotishlardan olingan daromadlar yoki ular bo‘yicha yo‘qotishlar kiradi.


    Korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga quyidagilar kiradi: kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, loyiha va qurilish-montaj ishlarida kamchilikni bartaraf etish xarajatlari, maslahat va axborot tizimlariga haq to‘lash, auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari xarajatlari, shahar obodonchilik ishlari va qishloq xo‘jaligiga yordam berish bilan bog‘liq xarajatlar, kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar ish haqini hisoblashda e’tiborga olinmaydigan to‘lov-
    lar va xarajatlar, ya’ni moddiy yordam, sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlarini asrash xarajatlari, vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari, bank xizmati uchun to‘lovlar, har xil xayriya jamg‘armalari, ekologiya, sog‘lomlashtirish, madaniyat, xalq ta’limi, ijtimoiy ta’minot va shu kabi tashkilotlarga badallar, budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar va yig‘imlar hamda budjetdan tashqari jam- g‘armalarga ajratmalar, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa xara- jatlardan iborat.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.