Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi




Download 1,74 Mb.
bet203/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:


  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan, to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.

  • Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.

  • Chet el valutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari- dan zararlar.

  • Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazo- larga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.

  • O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.

Moliyaviy faoliyatdan olingan natija korxona faoliyat natijaviy- ligining alohida hisob qatori sifatida tarkiblanadi va tahlil etiladi. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar korxonaning fond bozori, moliya bozoridagi faoliyatidan keladigan natijalarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar qatori «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tarkib- lanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning korxonalarning jami hisob foydasi tarkibidagi salmog‘i so‘nggi yillarda bir qadar o‘sib bormoqda. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. Masalan, boshqa korxonalar foaoliyatida hissali qatnashishdan olingan daromadlar, valuta mablag‘larining kurs o‘zgarishidan olingan daromadlar, boshqa korxonalarga, sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan qarzlar bo‘yicha olingan daromadlar, foizlar bo‘yicha olingan va to‘langan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar summasi.
Tahlilda ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi hamda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi.
Ta’sir etuvchi omillar har bir tarkib qator bo‘yicha alohida va umumiy asosda o‘rganiladi.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotdan va uning qatorlari bo‘yicha berilgan izohlardan olinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy tahlil qilishdan maqsad ularni buxgalteriya hisobotida yuritilish metodikasi va ulardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortilish tartiblari respub- likamizda tekshirilayotgan davrda, harakatdagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishi, shu bilan birga, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to‘g‘risida to‘laqonli fikr shakllanishi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tahlilchi xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrga tuzilgan moliyaviy hisobotini o‘rganib, undagi amalga oshirilgan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalariga tegishli ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va to‘liqliligi to‘g‘risida xulosa berishi uchun quyidagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi:

  • Moliyaviy qo‘yilmalarni korxona aktivlari hisobiga to‘g‘ri olib borilganini baholash.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini turlicha turkumlanishi nuqtayi nazaridan ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri turkumlanishini baholash.

  • Buxgalteriya hisobiga kirim qilish davrida ularning qiymatini to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan xo‘jalik muoma- lalarining qonuniyligi va korxona uchun samaradorligiga baho berish.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining sintetik va analitik hisobi holatini baholash.

  • Xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini baholash.

  • Moliyaviy qo‘yilmalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini hisobda aks ettirilishining to‘g‘riligini tekshirish.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalaridan olingan daromad va xarajatlarni hisobda to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirilishini tekshirish.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining qayta baholanishini to‘g‘ri va asosligini o‘rganish.

  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining soliq qonunchiligiga rioya etilishini baholash.

    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi

Download 1,74 Mb.