|
Sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
|
bet | 206/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
(ming so‘mda)
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+, –)
|
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda
|
522905
|
872059
|
+349154
|
2. Davr xarajatlari
|
-201985
|
-388162
|
+186177
|
3. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va yo‘qotishlar
|
-79617
|
-82828
|
+3211
|
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda va zararlar
|
34354
|
51975
|
+17621
|
5. Favquloddagi foyda va zararlar
|
-
|
-
|
-
|
6. Foydadan soliq va boshqa soliq hamda ajratmalar
|
245414
|
427644
|
+182230
|
Joriy yilning sof foydasi
|
30243
|
25400
|
-4843
|
Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, tahlil qilina- yotgan xo‘jalik subyektining hisobot davridagi sof foyda hajmi o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan. Uning o‘zgarishiga har bitta ko‘rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baholash mumkin. Sof foydaning kamayishiga asosan davr xarajatlarining keskin oshib ketganligi hamda foydadan to‘langan soliq summasining o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki marta ko‘payganligi sabab bo‘lgan. Masalan, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda summa- sining o‘tgan yilga nisbatan 349154 ming so‘mga o‘sishi sof foyda summasining shuncha o‘zgarishiga olib kelgan. Davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan zararlar summasining, favqulodda zararlar summasining, foydadan soliqlar summasining o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi natijasida korxona sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 371618 ming so‘mga kamaygan.
Barcha omillar ta’sirida sof foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan, demak, korxonada foydani o‘stirish yuzasidan 371618 ming so‘mlik ichki rezerv mavjud deyish mumkin. Agar korxona ushbu qatorlar bo‘yicha o‘zining oldingi yil ko‘rsatkichlarini saqlaganda edi yana qo‘shimcha tarzda shuncha foyda olishi mumkin edi.
Rentabellik va uning ko‘rsatkichlar tizimi
Korxona faoliyat natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkich- laridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Rentabellik – korxona foydalilik darajasini xarakterlaydi, odatda, uning bir necha turlari hisob-kitob qilinadi. Bu bevosita mulkning shakli bo‘yicha daromadlarning yuzaga chiqish o‘rni yoki bazasi bo‘yicha, foydaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar bo‘yicha yoki mustaqil birliklar bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
|
| |