Rentabellik ko‘rsatkichlari, ularning turlari va ta’sir etuvchi omillar tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Utgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+, –)
|
1
|
Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan
sof tushum, ming so‘m
|
1452513
|
3040381
|
+1587868
|
2
|
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning
ishlab chiqarish tannarxi, ming so‘m
|
929608
|
2168322
|
+1238714
|
3
|
Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan
yalpi foyda, ming so‘m
|
522905
|
872059
|
+349154
|
4
|
Sof foyda, ming so‘m
|
30243
|
25400
|
-4843
|
5
|
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
(qoldiq qiymatda), ming so‘m
|
80892
|
91253
|
+10361
|
6
|
Aylanma mablag‘larining o‘rtacha yillik
qiymati, ming so‘m
|
531756
|
689066
|
+157310
|
7
|
Korxonaning jami mulki, ming so‘m
|
718546
|
892557
|
+174011
|
8
|
O‘zlik mablag‘lari manbayi, ming so‘m
|
460499
|
729410
|
+268911
|
9
|
Qarz mablag‘lari, ming so‘m
|
258047
|
163147
|
-94900
|
10
|
Mahsulot sotish rentabelligi, %
|
36,0
|
28,68
|
-7,32
|
11
|
Asosiy vositalar rentabelligi, %
|
37,98
|
27,83
|
-9,55
|
12
|
Aylanma mablag‘lari rentabelligi, %
|
5,69
|
3,69
|
-2,0
|
13
|
Ishlab chiqarish tannarxi rentabelligi, %
|
56,25
|
40,22
|
-16,03
|
14
|
O‘z mablag‘lari rentabelligi, %
|
6,57
|
3,48
|
-3,09
|
15
|
Mol-mulk rentabelligi, %
|
4,21
|
2,85
|
-1,36
|
16
|
Umumiy rentabellik, % (4/5+6)*100
|
4,94
|
3,25
|
-1,69
|
17
|
Qarz mablag‘lari rentabelligi, %
|
11,72
|
15,57
|
+3,85
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan aksariyat rentabellik turlari bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Bu korxonaning samaradorligi pasayib borayotganligidan hamda uning moliyaviy holati yomonlashayotganligidan dalolatdir. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, joriy yilda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum miqdori
+1587868 ming so‘mga ortgan bo‘lsada, bunga mos ravishda mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi ham, boshqa turdagi aktivlar ham o‘sgan. Sof foyda miqdori esa o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan. Natijada aksariyat rentabellik ko‘rsatkichlarida
pasayish tendensiyasi hosil bo‘lgan. Korxonada faqatgina qarz mablag‘lari rentabelligi 3,85 foizga o‘sishi kuzatilgan xolos. Korxona ma’muriyati rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks holda korxonaning moliyaviy holati tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
Daromadlilik yoki balans aktivining xarajatliligi; xususiy va qarz kapitali; sof aktiv, investitsiya, sotish, xarajat va boshqa ko‘rsatkich- lardan foydalanishni umumlashtiruvchi sifat ko‘rsatkichlari daromad, xarajat va moliyaviy natijalarga asoslangan holda hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Yuqorida nomlari keltirilgan daromadlilik (d) ko‘rsat- kichlarini hisoblash uchun jami daromad summalari, umumiy aktiv qiymati, sof aktiv, xususiy kapital va qarz kapitaliga nisbatan aniqlanadi.
dаktiv
d
= Davr bo‘yicha jami daromad = 5 Daromad ;
Bаlans aktivlarining o‘rtacha qiymati А
= Davr bo‘yicha jami daromad = 5 Daromad ;
sa Sof aktivning o‘rtacha qiymati SA
dxk
d
= Davr bo‘yicha jami daromad = 5 Daromad ;
Хususiy kapitalning o‘rtacha qiymati XK
= Davr bo‘yicha jami daromad = 5 Daromad .
kk Qarz kapitalning o‘ rtacha qiymati KK
Daromadlilik ko‘rsatkichlarini sotish hajmining har so‘miga, ishlab chiqarish tannarxiga hamda daromadlilikni umumlashtiruvchi ko‘rsatkich –korxonaning jami daromadlarini, uning xarajatlariga nisbat ko‘rinishida ham aniqlash mumkin.
ddaromad
= 5 Davr bo‘yicha daromad .
5 Davr bo‘yicha xarajat
Jami daromad summasining jami xarajatdan yuqori bo‘lishi korxonaning sof foydasini ifodalaydi.
R sof foyda = Σ Daromad – Σ Xarajat.
Bu ko‘rsatkichlarni aksi bo‘yicha ham hisob-kitob ishlarini amalga oshirish tavsiya etiladi.
dхаrаjаt
= 5Davr bo‘yicha xarajat .
5 Davr bo‘yicha daromad
Jami xarajatlarni jami daromaddan yuqori bo‘lishi korxona faoliya- tini zarar bilan yakunlaganligini ifodalaydi. Daromadlilikning umumiy ko‘rsatkichlari qatori korxona daromadi va xarajatlari bo‘yicha yakka koeffitsiyentlarini ham aniqlash maqsadga muvofiqdir.
– sotishdan ko‘rilgan daromadning jami daromaddagi ulushi:
ddaromad
= Davr bo‘yicha sotishdan ko‘rilgan daromad ;
5 Korxonaning jami daromadi
– sotilgan mahsulot tannarxini jami xarajatdagi ulushi:
dхarajat
Sotilgan mahsulot tannarxi
=
5 Korxonaning jami xarajati ;
– jami to‘liq xarajatni sotishdan kelgan tushumdagi ulushi: Sotishdan kelgan tushumning har so‘miga to‘g‘ri keladigan xarajat
= Sotilgan mahsulot tannarxi .
Sotishdan kelgan tushum
Daromadlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asosiga va «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad- lar» nomli 2-son BHMSda belgilanishicha, hisobot davri mobaynida aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarining qisqarishi ko‘rinishida iqtisodiy foydaning ko‘payishidir, ular o‘z kapitalining ko‘payishiga olib keladi (bundan o‘z kapitali egalari tomonidan qo‘yilmalar bilan bog‘liq ko‘payishlar mustasno).
Daromadlar turli aktivlarning ko‘payishi ko‘rinishida yuzaga keladi; bular nafaqat pul mablag‘lari, balki realizatsiya qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning o‘rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo‘lishi mumkin, agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo‘lishi mumkin. Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko‘rini- shida olinishi mumkin, bu esa korxonaning kapitaliga aktivlarning ko‘payishi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Korxonaning daromadlari va xarajatlari hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish hisobvaraqlar rejasining so‘nggi, to‘qqizinchi bo‘limida, 9000-9900-son hisobvaraqlarda amalga oshiriladi.
Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hiso- bot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot davrining taqsimlangan foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratil- mog‘i lozim.
Hisobotlarda odatdagi xo‘jalik faoliyatining borishi chog‘ida yuzaga keluvchi xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy manfaat- larni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo‘lishi mumkin. Ularga quyidagi uchala mezonlardan biriga javob beruvchi xarajatlar kiritiladi:
kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
aktivlar sifatida tan olib bo‘lmaydigan (kelgusi davrlar daromadlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash);
tashkilot balansida mol-mulkning o‘sishiga kiritish mumkin bo‘lmagan.
Daromadlilik, foydalilik bir xil ma’noga ega emas. Ayrim iqtisodi- yotga oid manbalarda daromadlilik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb qaraladi. Masalan, korxonaning ma’lum davrdagi jami daromadi, sof foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.
Balans аktivi rentabelligi
(R ) = SF ·100%
А
А
Аktiv daromadliligi = 5 daromad .
А
jadval
|