|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 217/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Debitorlik qarzi – korxonaning aylanmasidan chiqib qolgan va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda turgan mablag‘laridir. Korxonaning o‘z mablag‘lari yoki boshqa korxonalarning mablag‘lari bu qarzlarni qoplash manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Kreditorlik qarzi – boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan vaqtincha jalb etilgan mablag‘lar. Ulardan shu korxonaning aylanmasida vaqtincha foydalaniladi. Ularni to‘lash muddati kelganida bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar summasidan olib berilishi kerak.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxonalar, xo‘jalik subyektlari faoliyatida uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Ammo, debitorlik va kreditorlik qarzlarining me’yoridan oshib ketishi va to‘lov muddatining o‘tib ketishi korxonalar moliyaviy holatining yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular korxonalar faoliyatida salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, budjetga daromad tushishini kamaytiradi va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga ham salbiy ta’sir etadi. Shu sababli ham debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi davlat ahamiyatidagi masala sifatida doimo davlat nazorati ostida bo‘ladi. Ayniqsa, bunda muddati o‘tgan qarzlarga katta e’tibor beriladi. Muddati o‘tgan qarzlar summasi o‘sishining oldini olish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda har bir korxona va tashkilot rahbariyati oldidagi masalalardan biridir.
Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi sub- yektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi davom etayotgan bir sharoitda eng dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to‘lov muddatining oshib ketishi xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ahvoliga katta ta’sir o‘tkazadi. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.
Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita davlat nazorati va e’tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxo- nalar va tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda majbu- riyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora-tadbirlari belgilanadi.
Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majbu- riyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotno- ma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin.
Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo‘lgan o‘zaro debi- torlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburi- yatlari bo‘yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi.
|
| |