|
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davri o‘zgarishining omilli tahlili
|
bet | 225/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davri o‘zgarishining omilli tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
|
Debitorlik majburiyatlarining aylanish davri, kun
hisobida
|
1. O‘tgan yil
|
27,269
|
13
|
2. Shartli hisobot yili
|
57,079
|
6
|
3. Hisobot yili
|
22,337
|
16
|
Jami farq
|
-4,932
|
+3
|
Ta’sir etuvchi omillar:
|
xxx
|
xxx
|
a) sotishdan olingan sof tushum
summasining o‘zgarishi (2-1)
|
+29,810
|
-7
|
b) debitorlik qarzlari
summasining o‘zgarishi (3-2)
|
-34,742
|
+10
|
Debitorlik qarzlarning shartli = aylanish koeffitsenti
Debitorlik qarzlarning shartli = aylanish davri
Sotishdan olingan sof tushum haqiqatda Debitorlik qarzlar o‘tgan yil shu davri bo‘yicha
Debitorlik qarzlar o‘tgan yil shu davri
bo‘yicha * 360 Sotishdan olingan sof tushum haqiqatda
Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati hamda aylanuvchanligi tahlili
Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to‘laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar
kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o‘tgan edik. Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan to- monlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash mud- datlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlash- dagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffit- siyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi.
Kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘yilishi korxonaga nisbatan turli iqtisodiy ogohlantirishlarning qo‘llanilishiga, iqtisodiy jarimalarga hamda korxonaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi.
|
| |