• Kreditorlik majburiyatlarining aylanishi tahlili
  • Kreditorlik qarzlarining aylanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Kreditorlik qarzlarining shartli aylanish koeffitsenti va aylanish davri
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet227/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    1 oydan 2 oygacha

    2 oydan 3 oygacha

    3 oydan
    1 yilgacha

    1
    yildan ortiq

    1. Mol yetkazib beruvchilar va
    pudratchilarga qarz

    90387

    51423

    12196

    15713

    10023

    1032

    2. Ajratilgan bo‘linmalarga
    qarz

    400

    312

    56

    32

    -

    -

    3. Sho‘ba va qaram xo‘jalik
    jamiyatlariga qarz

    5007

    4019

    872

    101

    15

    -

    4. Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan
    majburiyatlar

    6721

    4198

    2103

    420

    -

    -

    5. Olingan bo‘naklar

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    6. Sug‘urtalar bo‘yicha qarz

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    7. Maqsadli davlat
    jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    8. Ta’sischilarga bo‘lgan
    qarzlar

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    9. Mehnatga haq to‘lash
    bo‘yicha qarz



















    10. Boshqa kreditorlik qarzlari

    25039

    18728

    1289

    3217

    1805

    -

    Jami:

    127554

    78680

    16516

    19483

    11843

    1032

    Kreditorlik qarzlarining holatiga ularning aylanish darajalarini o‘r- ganish asosida to‘liq baho berish mumkin. Kreditorlik qarzlari ayla- nuvchanligi bo‘yicha quyidagi bog‘lanishlar jadvalini keltirib o‘tish mumkin.





      1. jadval

    Kreditorlik majburiyatlarining aylanishi tahlili





    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yili

    Hisobot yili

    Farqi (+,
    -)

    1

    2

    3

    4

    1. Jami kreditorlik majburiyatlari, ming so‘m

    249458

    127554

    -121904

    2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab
    chiqarish tannarxi, ming so‘m

    929608

    2168322

    +1238714

    3. Jami majburiyatlar, ming so‘m

    258047

    163147

    -94900

    1

    2

    3

    4

    4. Kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgani,
    ming so‘m

    19856

    12875

    -6981

    5. Kreditorlik qarzlarining aylanish
    koeffitsiyenti, (2/1)

    3,726

    16,999

    +13,273

    6. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri, kun
    hisobida (1*360/2)

    97

    21

    -76

    7. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik qarzlari
    ulushi, %da (1/3*100)

    96,67

    78,18

    -18,49

    8. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining jami
    kreditorlik qarzlari tarkibidagi salmog‘i, % da (4/1*100)

    7,96


    10,09


    +2,13


    Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida kreditorlik qarzlarining aylanishiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxonada kreditorlik qarzlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121904 ming so‘mga qisqargan. Bunga aksincha, sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi esa joriy yilda 1238714 ming so‘mga o‘sgan. Bularning natijasida korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilgi 3,726 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 16,999 koeffitsiyentgacha ko‘tarilgan. Ya’ni kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi bir necha marotabaga tezlashgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholash lozim. Bundan tashqari kreditorlik qarzlarining aylanish davri o‘tgan yilgi 97 kundan hisobot yiliga kelib 21 kungacha qisqargan.


    Majburiyatlar tarkibida kreditorlik qarzlarining salmog‘i ham joriy yilda 18,49 %ga kamayganligini ijobiy baholasak bo‘ladi. Ammo muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining salmog‘i joriy yilda 2,13 %ga ortganligini salbiy baholash lozim bo‘ladi. Chunki bunday holat korxonaning iqtisodiy jarimalar to‘lashiga olib keladi va moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etadi. Kreditorlik qarzlarining aylanishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ushbu ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadvalda ko‘rib chiqishimiz mumkin.
    Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda 13,273 koeffitsiyentga oshgan. Bu o‘zgarishda sotilgan mahsulot tannarxi o‘zgarishining ta’siri +4,966 koeffitsiyentga, kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi esa +8,307 koeffitsiyentga teng bo‘lgan.

      1. jadval

    Kreditorlik qarzlarining aylanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili






    Ko‘rsatkichlar

    Kreditorlik qarzlarining aylanish
    koeffitsiyenti

    Kreditorlik qarzlarining aylanish davri, kun hisobida

    1. O‘tgan yili

    3,726

    97

    2. Shartli hisobot yili

    8,692

    41

    3. Hisobot yili

    16,999

    21

    Jami farq

    +13,273

    -76

    Ta’sir etuvchi omillar:

    xxx

    xxx

    a) sotilgan mahsulot (ish, xizmat)-
    lar tannarxining o‘zgarishi (2-1)

    +4,966

    -56

    b) kreditorlik qarzlari summasining
    o‘zgarishi (3-2)

    +8,307

    -20

    Kreditorlik qarzlarini to‘lash muddati o‘tgan yilga nisbatan 76 kunga tezlashgan. Bu o‘zgarishda mahsulotlar tannarxining yoki sotib olingan qiymatliklar va xizmatlar summasining o‘zgarishi ta’siri 56 kunga, kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi esa 20 kunga teng bo‘lgan. Bunday natijalar korxonaning to‘lov qobiliyati yaxshilanayot- ganligidan dalolat beradi.
    Kreditorlik qarzlarining aylanishi tahlil qilinayotganda ularning shartli aylanish koeffitsiyenti va shartli aylanish davri kabi ko‘rsatkich- lar ham tahlil qilib borilishi lozim. Bu ko‘rsatkichlar, odatda, quyidagicha aniqlanadi:


    Kreditorlik qarzlarining shartli aylanish koeffitsenti va aylanish davri





    K 2168322  8, 692
    A 249468
    A 249468  360 41
    D 2168322
      1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llari


    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekti moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi zarur. Demak,

    ular iqtisodiy faoliyati davomida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini imkon qadar o‘z vaqtida bartaraf etishi muhim masala hisob- lanadi. Shuning uchun ushbu qarzlarning samarali tahlilini o‘tkazish va ularni kamaytirish chora-tadbirlari bugungi kunning dolzarb muammo- sidir. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish asosidagina ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi
    «Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxo- na va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1996-yil 24-yanvardagi «To‘lov intizomini va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Farmonlarini bajarish borasida muayyan ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan debitorlik-kreditorlik qarzlarini boshqa- rish murakkabligicha qolmoqda. Jumladan, Davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy kreditorlik qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.1

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.