chizma. Asosiy vositalarning turkumlanishi.
Yer amaldagi qonunchilikka binoan xo‘alik yurituvchi subyektga mulk tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 17-moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar «Yer kodeksi» va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentlariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.
Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlar tarkibiga yerning
unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqar- ma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi obyektlar, shu- nindek, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexaniq energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexaniq harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, divigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ular- ni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyor- lashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va bosh- qalar kiradi;
hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashina- larida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi.;
boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektro-drellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillash- tirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar, idishlar kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan narsalardir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:
chizma. Asosiy vositalarning baholanishi.
|