|
Asosiy vositalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha
|
bet | 234/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Asosiy vositalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha:
yer;
binolar;
inshootlar;
uzatish moslamalari;
hisoblash texnikasi va kompyuterlar;
mashina va uskunalar;
transport vositalari;
asbob-uskunalar;
xo‘jalik jihozlari;
ishlab chiqarish inventarlari;
ishchi va mahsuldor hayvonlar;
ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.
Mulkiy egaligiga qarab:
o‘ziga tegishli asosiy vositalar;
ijaraga olingan asosiy vositalar.
Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo‘yicha ham tasniflash mumkin.
Hozirgi sharoitda korxonalarda asosiy vositalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Ya’ni sanoat ishlab chiqarishi, yordamchi tarmoqlar yoki ijtimoiy- maishiy sohalarda bo‘lmasin, barcha asosiy vositalar kerakli xizmatni bajaradi.
Tahlil asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rga- nishdan boshlanadi. Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shu bois ular tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarni atrof- licha tahlil etish lozim.
Asosiy vositalar har bir turining jami asosiy vositalarda tutgan ulushi uning strukturasini ifodalaydi. Struktura ishlab chiqarishning xususiyati, xarakteri, ixtisoslashuv darajasi, texnologiyasiga bog‘liq. Strukturani tahlil etishda asosiy vositalarni aktiv va passiv qismlari nisbatiga e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish hajmi asosiy vositalarning aktiv qismiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ularning passiv qismi esa, faqat ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi xolos.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda asosiy vositalarning aktiv qismi to‘g‘risida aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Bir guruh iqtisodchilar bino va inshootlardan tashqari jami asosiy vositalarni, ikkinchi guruhdagilar mashina va uskunalar, transport vositalarini aktiv qismga kiritadilar. Bino va inshootlar asosiy vositalarning passiv qismiga kirsa ham, ammo elektr quvvati, neftni qayta ishlash, gaz va boshqa sohalarda inshootlar aktiv qism tarkibiga kiradi. Demak, asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalarini kiritish mumkin. Aktiv qismining yuqori bo‘lishi fond progressivligini ifodalaydi.
Bugungi kunda mehnat qurollarini jalb etishning yangi shakllari, masalan, lizing va ijaraning boshqa shakllaridan keng foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 587-moddasi lizing shartnomasini quyidagicha sharhlaydi: «Lizing shartnomasi bo‘yicha bir taraf – lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) boshqa taraf – lizing oluvchi (ijarachi)ning topshirig‘i bo‘yicha uchunchi taraf – sotuvchi bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulkni xarid qilish uchun bitimga kirishish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi».
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-sonli shakl)da konservatsiya qilingan asosiy vositalar, uzoq muddatli ijara (lizing)ga olingan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ifodalinishi asosiy vositalarni kompleks iqtisodiy tahlil etish obyektini yanada kengaytiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko‘rsatkichlari orqali guruhlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lishning
tasnif belgilari quyidagilardir:
bajaradigan vazifasiga ko‘ra;
obyektlarda foydalanish darajasiga ko‘ra;
natural-moddiy tarkibiga ko‘ra.
chizma. Foydalanilishiga ko‘ra asosiy vositalarning turkumlanishi.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalar. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi (-chizma).
|
Asosiy vositalar
|
|
|
|
|
|
|
|
Yer
|
|
Uzatuvchi moslamalar
|
|
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari
|
|
|
|
|
Yerni obodon- lashtirish uchun kapital sarflar
|
|
Mashina va jihozlar
|
|
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
|
|
|
|
|
Binolar
|
|
Transport vositalari
|
|
Ko‘p yillik daraxtlar
|
|
|
|
|
Inshootlar
|
|
Asbob- uskunalar
|
|
Boshqa asosiy vositalar
|
|
| |