• Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili
  • Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta’minlan- ganligida quyidagi jihatlarni farqlash lozim




    Download 1,74 Mb.
    bet242/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta’minlan- ganligida quyidagi jihatlarni farqlash lozim:


    • o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;

    • ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi.

    Demak, korxona har ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.
    Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxona (firma) da asosiy vositalarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.



          1. jadval

    Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili




    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yil

    Hisobot yili

    Farqi (+, –)

    Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda

    162387

    173161

    +10774

    Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi

    838

    814

    -24

    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m

    193779

    212728

    +18949

    Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari sifatida bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari, bir ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‘rsatkichlar orqaligina emas, balki sifat ko‘rsatkichlarini ham o‘rganish asosida baho beriladi.


    Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyek- tida sanoat ishlab chiqarish xodimlarining asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949 so‘mga o‘sgan. Bu o‘sish ikkita omil hisobiga to‘g‘ri kelgan. Birinchi omil bu ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga bo‘lib {(173161/838)-(162387/838)} 12857 so‘mni, hamda ikkinchi omil asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi hisobiga {(173161/814)-(173161/838)} 6092 so‘mni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, korxonada xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949 so‘mga ortgan. Bunday natijalarni ijobiy holat sifatida baholash maq- sadga muvofiqdir.
    Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Sotib olingan va qurib bitkazilgan obyektlarni ishga tushirish, moderni- zatsiya va rekonstruksiya qilish tufayli asosiy vositalar safi kengayadi.
    Jismoniy va ma’naviy eskirish tufayli ularni bir qismi safdan chiqa- riladi.
    Asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan
    foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o‘zgarishlar (zanglash, chirish ) sodir bo‘lganda boshlang‘ich holatining yo‘qolishi tufayli jismoniy eskirish ro‘y beradi.
    Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida, ulardan foydalanilmayotgan hollarda ham sodir bo‘ladi.
    Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi, ularning texnik tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan orqada qolishi tufayli ro‘y beradi.
    Ma’naviy eskirish ikki xil bo‘ladi:

    • asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishning arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi;

    • yangi, ilg‘or asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnik jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi.

    Asosiy vositalar harakatining tahlili quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashdan boshlanadi. Asosiy vositalarni:

    • ishga tushirish koeffitsiyenti;

    • yangilanish koeffitsiyenti;

    • chiqib ketish koeffitsiyenti;

    • tugatish koeffitsiyenti;

    • mashina va jihozlar parkini kengaytirish koeffitsiyenti.

    Asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil etish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanamiz.



          1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta’minlan- ganligida quyidagi jihatlarni farqlash lozim

    Download 1,74 Mb.