|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 244/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Fond qaytimi ( Fq) asosiy ishlab chiqarish fondlarining har so‘mi (100, 1000 so‘mi)ga to‘g‘ri keladigan mahsulot ( Q) hajmini ifodalaydi.
Q
Fq = A .
f
Masalan, ishlab chiqarish hajmi – 10,0 mln so‘m, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati – 5 mln so‘m
F = 10,0 = 2 so‘ m.
q 5,0
Demak, asosiy ishlab chiqarish fondlarining har so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi 2 so‘mni tashkil etgan. Fond qaytimi barcha asosiy vositalar, shu jumladan, uning aktiv qismi bo‘yicha ham aniqlanadi. Ko‘rsatkichlarni bir necha yillar bo‘yicha dinamikasini tahlil etishda mahsulot hajmi (ish, xizmat) hamda asosiy ishlab chiqarish fondlarini taqqoslash holatiga keltirish kerak. Mahsulot hajmi (ish, xizmat) o‘zgarmas solishtirma bahoda, asosiy ishlab chiqarish fondlari esa qayta baholangan (qayta baholash koeffitsiyentini qo‘llash) qiymatda ifodalanishi lozim.
f
Fond sig‘imi ( Fs) fond qaytimining aksidir. Fs – mahsulot qiymatining har so‘mi (100, 1000)ga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini ifodalaydi.
A Fs = Q .
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan nisbiy iqtisod (ortiqcha sarf) quyidagicha aniqlanadi:
E (A ) = (F 1 – F 0) ·Q ’,
nisb f s s
bunda: Af – asosiy ishlab chiqarish fondlari;
F 1, F 0 – hisobot davri, bazis davrlarining fond sig‘imi;
s s
Q - hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
Asosiy vositalar va mahsulot hajmining o‘sish sur’atlari nisbati orqali fond sig‘imining chegarasi, ya’ni mahsulot hajmi o‘sishining har bir foiziga asosiy vositalarning o‘sish sur’ati aniqlanadi. Masalan, mahsulot hajmi (Q) ning bazis davriga nisbatan o‘sish sur’ati – 108 %. Asosiy ishlab chiqarish fondlari (Af) ning o‘sish sur’ati 105 %. Mahsulot hajmi o‘sishining har bir foiziga asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘sishi 0,97 (105:108)ni tashkil etadi. Fond sig‘imining chegara ko‘rsatkichi «1» dan kichik bo‘lsa, asosiy vositalardan samarali foydalanilganlikni ifodalaydi. Fond qaytimining ortishi ishlab chiqilgan mahsulotning har so‘miga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya ajratmalari summasi yoki amortizatsiya sig‘imining pasayishiga va mahsulot bahosidagi foyda hissasining ortishiga olib keladi.
Asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning asosiy vositalaring bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi. Chunki, asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa-yu, lekin ulardan samarali foydalanmasak, u holda korxonaning samarador- ligi pasayib ketadi.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida olinadi.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va uning holatiga baho berishga iqtisodiy tahlilda a’lohida ahamiyat beriladi. Korxona ishlab chiqarish quvvati, deganda uning to‘la ish bilan bandlik holatiga aytiladi. Bu holat nafaqat mahsulot ishlab chiqarish darajasiga, balki uning xarajatlar tarkibiga, moliyaviy natijaviyligiga ham ta’sir etuvchi birlik sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.
jadval
|
| |