|
Xo‘jalik yurituvchi subyektda asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari tahlili (qoldiq qiymatida)
|
bet | 241/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Xo‘jalik yurituvchi subyektda asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari tahlili (qoldiq qiymatida)
Asosiy vositalar
|
Asosiy vositalar yil boshiga
qoldig‘i
|
Yangidan qabul qilingan asosiy
vositalar
|
Chiqim qilingan asosiy vositalar
|
Asosiy vositalar yil oxiriga qoldig‘i
|
Yangilanish koeff.
|
Chiqib ketish koeff.
|
O‘tgan yil
|
76875
|
8469
|
4362
|
80982
|
0,105
|
0,054
|
Hisobot
yili
|
80982
|
27918
|
13133
|
91253
|
0,306
|
0,144
|
Farqi (+,
–)
|
+4107
|
+19449
|
+8771
|
+10271
|
+0,201
|
+0,090
|
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vosita- larning harakat ko‘rsatkichlari o‘zgarishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy davrda asosiy vositalarning yangilanish darajasi oldingi yilga nisbatan 0,201 koeffitsiyentga o‘sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vosi- talarning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi esa +0,090 koeffitsiyentga ort- gan. Umuman olganda korxonadagi asosiy vositalarning yangilanish darajasini o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ijobiy baholash lo- zim. Demak, bu korxona ma’muriyati eskirgan asosiy vositalarini yangi- lash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rayotganligidan dalolatdir. Ammo bun- day sur’atdagi yangilanish darajasi bugungi kun talabiga mos kelmaydi. Chunki fan-texnika taraqqiyoti rivojlanib borayotgan bugungi kunda korxona asosiy vositalarining to‘liq bir marta yangilanish davri 3-4 yil- dan ortib ketmasligi lozim. Bunday natijalarga erishish uchun esa korxo- na o‘z asosiy vositalarining 20-25 foizini har yili yangilab borishi kerak. Bugungi kunda korxonalardagi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Korxona (firma)ning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi, deb ishlab chiqarishning me’yor darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlan-
ganligiga aytiladi.
|
| |