Asosiy vositalar
|
Boshlang‘ich qiymati,
ming so‘m
|
Eskirish qiymati,
ming so‘m
|
Qoldiq qiymati,
ming so‘m
|
Eskirish darajasi, %
|
Yaroqlilik darajasi, %
|
1. O‘tgan yili
|
166100
|
85118
|
80982
|
51,24
|
48,76
|
2. Hisobot yili
|
180222
|
88969
|
91253
|
49,36
|
50,64
|
3. Farqi, (+,-)
|
+14122
|
+3851
|
+10271
|
-1,88
|
+1,88
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektining asosiy vositalari texnik holatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada joriy yilda asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi o‘tgan yilga nisbatan 1,88 % ga ko‘tarilgan bo‘lib, jami asosiy vositalarning 50,54 % ini tashkil etmoqda. qolgan 48,76 % asosiy vositalar o‘zining xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan hamda eskirgan asosiy vositalar tashkil etadi. Korxonada asosiy vositalarning texnik holati ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lsada, asosiy vositalarning umumiy texnik holati yetarli darajada, deb baholay olmaymiz. Chunki asosiy vositalarning teng yarmiga yaqini eskirganligi bu yaxshi natija emas. Shu sababli ham korxona ma’muriyati asosiy vositalarini yanada ko‘proq qismini yangilab borish choralarini izlab topishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
|