Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili
Ishlab chiqarish jihozlaridan vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish tahlilida korxona asosiy fondlari va ularning tarkibida mashina va usku- nalar, stanoklar ish vaqtidan foydalanishning darajasiga, quvvatlarning foydali ish koeffitsentlariga, foydalanishning real holatiga baho beriladi. Mashina va uskunalar ish vaqtidan samarali foydalanishda ularning jami sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibidagi salmog‘iga va
ularning ish samarasiga ahamiyat beriladi.
Mashina va uskunalarning jami ishlagan vaqti hamda mashina va uskunalar ish vaqtidan olingan samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etiladi hamda uni o‘stirishning ichki imkoniyatlari belgilanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ularni tahlil etishning uslubiy asoslarini ko‘rib o‘tish mumkin.
jadval
Mashina va uskunalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi
(+, –)
|
Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m hisobida
|
2113430
|
2553967
|
+440537
|
Ishlangan stanok soatlar, ming stanok soat
|
128780
|
120280
|
-8500
|
Bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
|
16,41
|
21,23
|
+04,82
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 440537 ming so‘mga o‘sgan bo‘lsa, buning aksi o‘laroq, jami ishlangan stanok soatlar hajmi 8500 ming stanok soatga qisqargan. Buning natijasida esa bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘tgan yilgi 16,41 ming so‘mdan hisobot yiliga kelib 21,23 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Uskunalar (ishlab chiqarish uskunalari, mashinalar) vaqt jihatdan kalendar, rejim va yillik ish vaqti fondlariga bo‘linadi.
Kalendar vaqt fondi koeffitsiyenti mashina, uskunalarni yil davo- mida ishlagan vaqt fondini kalendar bo‘yicha vaqt fondiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Uskunalarning rejim vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyen- tini aniqlash uchun yillik vaqt fondini rejim vaqt fondiga bo‘lish lozim.
jadval
|