• Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalardan vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili
  • Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari
  • Tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha
  • Texnik yo‘nalishlar bo‘yicha
  • Ekspluatatsion yo‘nalishlar bo‘yicha
  • Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet248/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili



    Ko‘rsatkichlar

    Hisobot yili

    Farqi

    Reja

    Haqiqatda

    Soat

    %

    1.

    Kalendar vaqt fondi

    1305240

    1305240

    -

    -

    2.

    Rejim vaqt fondi

    470040

    461382

    -8658

    -1,8

    3.

    Yillik vaqt fondi

    421321

    419699

    -1622

    -0,4

    4.

    Foydalanish koeffitsiyenti:










    4.1.

    Kalendar vaqt fondi
    (3q:1q)

    0,3228

    0,3215

    -0,0013

    X

    4.2.

    Rejim vaqt fondi (3q:2q)

    0,8963

    0,9096

    +0,0133

    x

    Mashina va uskunalarning ish vaqti fondi mashina – soat, stanok – soatlarda ifodalanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mashina, usku- nalarning kalendar vaqt fondi koeffitsiyenti rejaga nisbatan pasaygan.



          1. jadval

    Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalardan vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili



    T




    Ko‘rsatkichlar



    Reja



    Haqiqatda

    Farqi

    mutlaq summa

    %

    1.

    Mahsulot hajmi, mln
    so‘m

    10823

    10853

    +30

    +0,3

    2.

    Ishlagan mashina – soat

    421321

    419699

    -1622

    -0,4

    3.

    1 mashina - soatga to‘g‘ri
    keladigan mahsulot, so‘m

    25688

    25859

    +171

    +0,6

    Pasayish asosan mavjud uskuna va dastgohlar sonining kamayishi tufayli yuz bergan. Rejim vaqt koeffitsiyenti smenalar soni hamda yil davomida ishlagan ish kunlarining o‘zgarishiga bog‘liq. Yillik vaqt


    fondining o‘zgarishi esa uskuna va dastgohlarni ichki va tashqi sabablarga ko‘ra ish vaqtining yo‘qotilishiga bog‘liq. Mashina va uskunalardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib uning intensiv, ekstensiv va integral koeffitsiyentlari hisoblanadi.
    Mahsulot hajmining rejaga nisbatan 30 mln so‘mga ortig‘i bilan bajarilishi asosan mashina va uskunalar unumdorligining o‘sishi hisobiga yuz bergan. Yo‘qotilgan vaqt 1622 mashina – soatni tashkil etgan. Mashina va uskunalardan vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish koeffitsiyentlari:
    Ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti:
    419699:421321=0,9962.
    Intensiv foydalanish koeffitsiyenti:
    25859:25688=1,0066.
    Integral foydalanish koeffitsiyenti:
    0,9962.1,0066=1,0027.


      1. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari


    Fond qaytimini oshirish imkoniyatlarini umumlashtirish tahlil etish bosqichining yakuni hisoblanadi. Unda tahlil etish natijlaridan kelib chiqqan holda korxonada asosiy vositalar samaradorligini oshirishning yo‘nalishlari belgilanadi.


    Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish- ning quyidagi yo‘nalishlarini korxona uchun tavsiya sifatida keltirib o‘tish mumkin.

    Tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha:


    • asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;

    • asosiy vositalarning ortiqcha qismini ushlab turmaslik;

    • eskirgan asosiy vositalarni va ma‘naviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;

    • asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o‘zgartirish;

    • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning eng maqbul shakllarini belgilash va hokazo.

    Texnik yo‘nalishlar bo‘yicha:


    • asosiy vositalarni ta’mirlash choralarini ko‘rish, texnik qarov;

    • eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish;

    • avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;

    • mexanizatsiyalashni kuchaytirish va hokazo.

    Ekspluatatsion yo‘nalishlar bo‘yicha:


    • bir smenalik va ko‘p smenalik;

    • ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish;

    • asosiy vositalar qarovi yuzasidan mas’ul shaxslarni ajratish;

    • asosiy vositalar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va hokazo.



    Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:





      • iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida asosiy fondlardan samarali foydalanishning ahamiyati va tahlil vazifasi;

      • asosiy fondlarni ishlab chiqarishdagi roliga qarab guruhlarga bo‘linishi;

      • asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlari;

      • asosiy fondlar tarkibi, tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari;

      • mahsulot sifatini yaxshilash, raqobatga bardoshligini ta’minlashda tezlashgan amortizatsiya ajratmamlarini qo‘llashning afzalliklari;

      • asosiy fondlarning texnik holati tahlili;

      • yangilanish darajasi ;

      • eskirish darajasi;

      • yaroqlilik darajasi;

      • fond qaytimini oshirish rezervlari.




    Download 1,74 Mb.
    1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili

    Download 1,74 Mb.