• Fond qaytimi (sig‘imi) va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
  • Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo‘yicha o‘rganiladi




    Download 1,74 Mb.
    bet246/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo‘yicha o‘rganiladi.


    1. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.

    2. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichla- rining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’siri tahlili.

    Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi.


    Fond qaytimi (sig‘imi) va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar:


    • Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o‘zgarishi.

    • Asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.

    Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:


    • Asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati o‘zgarishi.

    • Fond qaytimi (sig‘imi)ning o‘zgarishi.




          1. jadval

    Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili





    Ko‘rsatkichlar

    Mahsulot hajmi, korxona ulgurji
    bahosida, ming so‘m.

    Sanoat ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha yillik qiymati

    Fond qaytimi



    Fond sig‘imi

    O‘tgan yil

    2113430

    166100

    12,724

    0,079

    Shartli, hisobot yili

    2357682

    173596

    13,581

    0,074

    Hisobot yili

    2553967

    180222

    14,171

    0,071

    O‘tgan yildan farq

    +440537

    +14122

    +1,447

    -0,008

    Fond qaytimining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar

    X

    +0,857

    +0,590

    +1,447

    X

    Fond sig‘imining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

    X

    -0,005

    -0,003

    X

    -0,008

    Mehnat vositalari bilan bog‘liq omillarning mahsulot hajmiga ta’siri

    X

    +440469,5

    +179688,3

    +260781,2

    x

    Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida asosiy vositalarning sama- radorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Fond qaytimi va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi +1,447 (14,171–12,724) so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘zgarishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’siri +0,857 (13,581–12,724) so‘mni, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi esa salbiy ta’sir etgan va uning natijasida fond qaytimi +0,590 (14,171–13,581) so‘mga kamaygan. Barcha omillar ta’sirida asosiy fondlar qaytimi o‘tgan yilga nisbatan


    +1,447 so‘mga ortgan (14,171- 12,724).
    Asosiy fondlar sig‘imi o‘tgan yilga nisbatan – 0,008 so‘mga kamaygan. Bu o‘zgarishga mahsulot hajmining ta’siri – 0,005 (0,074– 0,079) so‘mni, asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati o‘zgarishining ta’siri esa – 0,003 (0,071–0,074) so‘mni tashkil qilgan.
    Mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri tahlilida asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi ta’sirida yalpi mahsulot hajmi +179688,3
    (+14122·12,724) ming so‘mga, fond qaytimining o‘zgarishi hisobiga
    +260781,2 (1,447·180222) ming so‘mga o‘sishini ko‘rish mumkin.

      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo‘yicha o‘rganiladi

    Download 1,74 Mb.