|
Asosiy vositalar harakati
|
bet | 243/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Asosiy vositalar harakati
Ko‘rsatkichlar
|
Yil boshiga qoldiq
|
Kelib tushgan
|
Chiqim qilingan
|
Yil oxiriga qoldiq
|
Asosiy vositalar dastlabki
qiymatda
|
4594,7
|
1608,1
|
442,9
|
5759,9
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
yangi asosiy vositalar
|
|
590,0
|
|
|
Asosiy vositalar eskirishi
|
1581,0
|
|
|
2496,5
|
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
|
3013,7
|
|
|
3263,4
|
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida asosiy vositalar harakatini ifodalovchi quyidagi koeffitsiyentlarni aniqlaymiz.
Asosiy vositalarni ishga tushirish =
koeffitsiyenti (K it )
Ishga tushirilgan asosiy vositalar qiymati Asosiy vositalarning yil oxiridagi qoldig‘i
K = 1608,1 · 100 = 27,9%
Yangilanish
it 5759,9
= Yangi asosiy vositalar qiymati
koeffitsiyenti (Kya ) Asosiy vositalarning yil oxiridagi qoldig‘i
K ya =
590,0
5759,9
· 100 = 10,2%.
Tezkor texnik taraqqiyot davrida ilg‘or bo‘lib ko‘ringan texnologi- yalar 5-7 yillik qisqa vaqt mobaynida ma’naviy jihatdan eskirib, ularning o‘rnini yanada takomillashgan texnologiyalar egallamoqda.
Chiqib ketish =
Asosiy vositalar chiqimi
koeffitsiyenti Asosiy vositalarni yil boshiga qoldig‘i
Kch =
442,9
4594,7
· 100 = 9,6%
Tugatish = Tugatilgan asosiy vositalar qiymati .
koeffitsiyenti Asosiy vositalarni yil boshiga qoldig‘i
Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
realizatsiya qilinganda;
bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi tufayli;
chet korxona va shaxslarga bepul berilganida;
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shil- ganida;
moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilganida;
kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganida.
Mahsulot assortimentini yangilash, uning sifatini talab darajasiga ko‘tarish, mehnat unumdorligini oshirish tannarxni pasaytirish doimo ishlab chiqarishni yangi texnika bilan qurollantirishni talab etadi.
Almashtirish = Asosiy vositalar chiqimi
koeffitsiyenti Kelib tushgan asosiy vositalar
K a =
4 4 2 , 9
1 6 0 8 ,1
· 1 0 0 =
2 7 , 5 %
Fond qaytimi dinamikasi va unga tashkiliy-texnik omillar ta’siri tahlili
Firma, kompaniya va korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi pasayadi, foyda va rentabelligi oshishiga erishiladi. Mahsulot tannar- xining pasayishi, raqobatbardoshligini oshirishda O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining 2007-yil 15-martdagi «Ishlab chiqarishni modernizat- siyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘- shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega.
Mazkur farmonga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarishga zamonaviy uskunalar muntazam kiritish asosida moder- nizatsiyalashni ta’minlasa, yangi texnika ishlab chiqarishga joriy etilgan paytdan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyektini to‘lash- ga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablag‘lari foydalanish sharti bilan kamaytiriladi;
ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig‘idan ozod etiladi;
soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida yagona soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan bojxona to‘lovlarini to‘lashda imtiyozlardan foydalaniladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi.
umumiy ko‘rsatkichlar;
yakka ko‘rsatkichlar.
Umumiy ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
fond rentabelligi;
fond qaytimi;
fond sig‘imi;
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan nisbiy iqtisod.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil etishda ko‘rsatkichlar dinamikasi, rejasining bajarilishi, raqobatdagi korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy ishlab chiqarish fondlarini har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori (fond rentabelligi) muhim ahamiyat kasb etadi.
Fond rentabelligi =
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda
Asosiy ishlab chiqarish fondlarinining o‘rtacha yillik qiymati
|
| |